So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  1 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Server Jeparov: "O'zbekiston kubogida guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish vazifasi qo'yilgan" Yangiliklar

Server Jeparov: "O'zbekiston kubogida guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish vazifasi qo'yilgan"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Olimpik" - "Lokomotiv BFK" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Server Jeparov fikrlarini bildirdi.

"Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik va kutganimizdek bo'ldi. Raqib yosh jamoa bo'lishiga qaramasdan munosib xarakat qildi. Vaziyatlar yaratishdi. Bizning yigitlar esa ularga imkon qoldirishmadi. Yuqori pressing qilishdi va hujumlarni tezda rivojlantirishdi. Oldimizga guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish vazifasi turibdi. SHu bois bugun yirik hisobda yutishimiz shart edi. Birinchi bo'limda hisob 5:0 bo'lishi mumkin edi. Lekin qiladigan ishlarimiz ko'p. Hujumchilar vaziyatlardan foydalanishda yanada aniqroq xarakat qilishlari kerak. Futbolchilarga rahmat aytaman. Umumiy planda ular ko'rsatmalarni bajarishdi", - deydi Server Jeparov. 

- Rian Islamovni o'smirlar terma jamoasida o'ynayotgan vaqtidan bilamiz. Unga katta futbolda nima etishmayapti?
- Rian juda yaxshi futbolchi. Faqat unga vaqt kerak. Jarohatdan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazdi. O'yin amaliyoti etarli bo'lmayotgandi. Rian bugun ikkinchi 90 daqiqa o'yinida to'p tepdi. 80-daqiqalarda almashtirishni o'ylagandik. Unda katta salohiyat bor. SHu bois oxirigacha imkon berdik. Kuchli tomonlarini ko'rsata oldi. Aytganimdek vaqt va o'yin amaliyoti zarur. 

- OTJ tarkibiga kira olmaganlar uchun kubok bahslari qanchalik foydali bo'lyapti?
- Kubok bahslarida o'zini ko'rsatishi uchun barchada imkon bor. Ularga doim buni aytib kelaman. SHu orqali sport formalarini ushlab turishadi va o'yin amaliyoti olishadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика