Leno: “O'yinni besh daqiqa ichida yutqazdik. Yangi murabbiyimiz kim bo'lishini bilsak yaxshi bo'lardi”
16 dek 2019 09:38
Yangiliklar


Leno: “O'yinni besh daqiqa ichida yutqazdik. Yangi murabbiyimiz kim bo'lishini bilsak yaxshi bo'lardi”
“Arsenal” posboni klub rahbariyati tezroq bir qarorga kelishi kerakligiga ishora qildi.
“Siti”ga qarshi o'yin 4 yoki 5 daqiqadan so'ng biz uchun yakunlandi. Birinchi bo'limda ushbu natijaga to'la loyiq bo'ldik. Ikkinchi bo'limda esa to'pga deyarli tega olmadik. SHu vaziyatda tan olish lozim: biz va liganing eng yaxshi jamoasi o'rtasida katta farq bor. Yangi bosh murabbiy kim bo'lishini bilib olsak, yaxshi bo'lardi. Ammo bu rahbariyatning ishi. Hozir esa murabbiy sifatida Freddini qabul qilyapmiz. Murabbiy muammo deb o'ylamayman. Hamma avvalosi o'ziga qaray olishi kerak” — deydi Leno.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar