Lempard Mourinyoning tanqidiga javob berdi

Aslanov Jasurbek
19 okt 2019, 13:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa sobiq ustozi Joze Mourinyuning so'zlariga javob berdi.

"Aristokratlar" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi APLning 1-tur uchrashuvidan (0:4) so'ng, Mourinyu "ko'klar"ni tanqid qilgan edi.

"Joze bilan yozishib turamiz. MYUga qarshi bahs oldidan muloqot qilgan edik va shunga qaramasdan u meni tanqid qilibdi.

Hammasi joyida. Taxminan bir yil ekspert sifatida ishladim va nima deyishni yaxshi bilaman. Shu sababli hech erim "achishayotgani" yo'q.

Mourinyu bilan munosabatlarimiz yaxshi" - deydi Lempard.

MYU "Chelsi"ni 4:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng, Mourinyu Lempardni tarkib tanlashni bilmaslikda ayblagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TalkSPORT