Lempard: “22 yoshimda Maunt singari to'p tepa olmasdim”
17 jan 2021 08:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/614710_original.jpg)
![](/upload/storage/614710_220.jpg)
Lempard: “22 yoshimda Maunt singari to'p tepa olmasdim”
“Meyson maunt “Fulxem”ga qarshi bellashuvda yorqin o'yinlaridan birini namoyish etdi. U ko'rsatgan o'yini bilan maqtovga loyiq. Ushbu bahsda uning roli odatdagidan biroz boshqacharoq edi. SHunga qaramay u uchrashuvdagi yagona golga muallifliq qildi. Uning futbolga bo'lgan munosabati, texnikasi umuman barcha jihatlari tahsinga loyiq.
Men jamoamiz safidagi yosh iqtidorlar haqida gapirar ekanman, u bu borada yaqqol o'rnak bo'ladigan futbolchi. O'tgan haftada u 22 yoshni qarshi oldi. O'z vaqtida men 22 yoshimda “CHelsi”ga kelganman va “Stemford Bridj”dagi ilk mavsumimda bu qadar yorqin o'yin ko'rsata olmaganman. Ushbu yoshda Maunt menga nisbatan ko'proq muvaffaqiyatga erishmoqda”, deya “CHelsi” murabbiyining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar