LegionerUz. Ajmanda kechgan “o'zbek derbisi”da Aziz Haydarov jamoasi Igor Sergeev klubini mag'lub etdi
02 mar 2018 11:33
Yangiliklar


LegionerUz. Ajmanda kechgan “o'zbek derbisi”da Aziz Haydarov jamoasi Igor Sergeev klubini mag'lub etdi
Aziz Haydarov ham, Igor Sergeev ham uchrashuvni boshlang'ich tarkibda o'tkazishdi. Haydarov maydonda 90 daqiqa to'p surgan bo'lsa, Sergeev birinchi bo'lim yakuniga etishi bilan almashtirildi. Uning o'rnida braziliyalik Ailton Almeyda harakat qildi.
Ajman Pereira de Mello Adeilson - 8', Modibo Maiga - 27', Pereira de Mello Adeilson - 47' |
Arabian Gulf League . 18-tur 01/03/2018, 18:35 1
:
3
Tugadi
|
Al-Dhafra Saeed Al Kathiri - 85' |
Uchrashuv taqdiri birinchi bo'limning o'zidayoq hal qilib qo'yilgandi. 67-daqiqaga kelib ajmanliklar maydonda bir kishi kam harakat qilgan bo'lsa-da, “Al-Dafra” vaziyatni o'nglay olmadi. Tomonlarning birinchi davra o'yinida hisob ochilmagan, Haydarov o'sha bellashuvda ham 90 daqiqa to'p surgandi.
Bugun — 2 mart kuni Otabek SHukurov harakat qilayotgan “SHarja” safarda “Emireytes” klubiga qarshi saf tortadi. Ehtimoliy 3 ochko bilan sharjaliklar “Al-Jazira”ga ochkolar soni bo'yicha etib olishadi.
Championat.asia statistikasi
Haydarov hamda SHukurovning Amirliklardagi maqsadi tushunarli. Igor Sergeev ko'rinishidan kelajagi haqida jiddiyroq o'ylab ko'rishi kerak.

Fikrlar