So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

LegionerUz. Abduxoliqov va Tursunov jamoalaridan tushkun holat, ular missiyadan uzoqlasha boshladi Yangiliklar

LegionerUz. Abduxoliqov va Tursunov jamoalaridan tushkun holat, ular missiyadan uzoqlasha boshladi

Qatar Yulduzlar Ligasining 18-turi o'zbekistonlik futbolchilar to'p suradigan klublarga omad keltirmadi.

Avvaliga Sanjar Tursunovning “Al-Haraytiyat” klubi principial o'yinda “Al-Arabi”ga qarshi maydonga chiqib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur g'alaba sabab mezbonlar turnir jadvalida oldinga o'tib oldi, Tursunov jamoasi esa xavfli zonaga qaytib kirdi. 

Al-Arabi

Qatar Stars League . 18-tur

23/02/2018, 18:50

1
:
2
Tugadi

Al-Khuraitiat

45'
90'

Mazkur jamoalarning 1-davra o'yinida g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagandi — 1:1. Agar “Al-Haraytiyat” zafar quchganida, ligada jon saqlab qolish uchun katta qadam tashlangan bo'lardi.

Temurxo'ja Abduxoliqov to'p suradigan “As-Sayliya” klubi ham jadvalda yonma-yon borayotgan klubdan engildi. Oqibatda “Umm Salal” futbolchilari kuchli to'rtlikka kirib oldi. “As-Sayliya” esa CHempionlar Ligasiga yo'llanma berishi mumkin bo'lgan so'nggi pog'onadan 1 ta pastga tushdi.

Umm Salal

Qatar Stars League . 18-tur

23/02/2018, 21:00

0
:
1
Tugadi

Al-Sailiya

45'
90'

“As-Sayliya” so'nggi 10 ta o'yindan faqatgina 1 tasida zafar qucha oldi. Bu qoniqarli ko'rsatkich emas. Abduxoliqovga ham, jamoasiga ham mavsumning avvali yaxshiroq kelgandi. Yakun arafasida esa omad keragidan ko'p uzoqqa ketib qolgandek. “Umm Salal”ga qarshi 1-davra o'yinida “As-Sayliya” 3:2 hisobida g'olib chiqqandi.

19-turda “As-Sayliya”ga biroz oson bo'ladi: raqib — “Al-Hor”. Sanjar Tursunov jamoasida esa navbatdagi qiyin o'yin — “Al-Ahli”.

Championat.asia statistikasi

Sanjar Tursunov ham, Temurxo'ja Abduxoliqov ham Qatar Yulduzlar Ligasida muntazam o'ynamoqda. SHunga qaramay, milliy terma jamoa uchun vaqtincha masul bo'lgan Timur Kapadze Senegal va Marokashga qarshi o'yinlar uchun Tursunovni tarkibga kiritmadi. Abduxoliqov esa terma tarkibidan joy oldi. Ayni vaqtda Tursunov uchun asosiysi — jamoasining ligada jon saqlab qolishi. Kelgusi taqdiri qanday kechishi esa hozircha nomalum.

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика