“Leganes” bosh murabbiyi bilan xayrlashadi
09 may 2018 01:40
Yangiliklar
“Leganes” bosh murabbiyi bilan xayrlashadi
“Leganes” bosh murabbiyi Aser Garitano mavsum yakuniga etgach, o'z o'rnini tark etadi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
48 yoshli Garitano “Leganes”da 2013 yildan buyon ishlab keladi. U jamoani Ispaniya uchinchi divizionidan eng yuqori divizion – primeroga olib chiqqan. Uning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi so'nggi bellashuvi 20 may kuni Ispaniya chempionatining so'nggi turida “Betis”ga qarshi bo'lib o'tadi.
CHempionat tugashiga ikki tur qolganda “Leganes” 40 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 17-pog'onasini band etgan va primeroda qolish vazifasini bajarib bo'lgan.
Fikrlar