Leau: "To'liq tashabbusga ega bo'ldik"
25 noy 2022 13:17
Yangiliklar


Leau: "To'liq tashabbusga ega bo'ldik"
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau JCH-2022 doirasidagi Ganaga qarshi o'yin (3:2) yakunlanganidan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ushbu uchrashuvda u termadagi debyut golini urdi.
"Men buni anchadan beri kutgandim. Lekin eng muhimi, jamoaga yordam bera oldim. Eng muhimi – bu g'alaba.
O'ylaymanki, to'liq tashabbusga ega bo'ldik. Hujumda yaxshi o'ynadik. Ammo himoyada bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik, shu sababli oxirgi daqiqalar asabiy ruhda o'tdi", – dedi Leau.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar