Lautaro Martines kamroq sariq kartochka olish uchun psixolog bilan maslahatlashgan
26 iyu 2021 01:40
Yangiliklar
Lautaro Martines kamroq sariq kartochka olish uchun psixolog bilan maslahatlashgan
Argentinalik hujumchi Lautaro Martines hozirda futbolchi mashg'ulot olib borayotgan "Atletiko Liniers" klubining o'quv bazasida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida kamroq sariq kartochka olish uchun psixolog bilan maslahatlashganini aytdi.
"O'tgan mavsumda o'z mentalitetim ustida ishladim. Psixolog menga hakamning qarorlariga nisbatan kamroq norozilik bildirishimga va shu tariqa kamroq sariq kartochka olishimga yordam berdi", — dedi "Inter" futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, "Inter" Italiya chempionatidagi ilk o'yinini 21 avgust kuni "Juzeppe Meacca"da "Jenoa"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar