Laporta "Valyadolid"ga qarshi o'yinga ko'zi ko'kargan holda tashrif buyurdi
29 avg 2022 19:41
Yangiliklar
Laporta "Valyadolid"ga qarshi o'yinga ko'zi ko'kargan holda tashrif buyurdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Valyadolid"ga qarshi o'yinni ko'rish uchun ko'zi ko'kargan holda tashrif buyurdi.
Laporta tribunada vice-prezident Rafael Yuste va "Valyadolid" prezidenti Ronaldo bilan birga uchrashuvni tomosha qildi.
Dastlab u quyoshdan saqlaydigan ko'zoynak taqib keldi, biroq sheriklari yonida uni echishga majbur bo'ldi.
60 yoshli rahbarning ahvoli nima sababdan bunday ko'rinish olgani nomalum. Qayd etilishicha, bunga shunchaki ko'ngilsiz hodisa sabab bo'lgan.
Fikrlar