

"Levandovskini uch o'yinga chetlatishdan mano yo'q. Menimcha, eng yaxshi qaror bir o'yin bo'lardi.
Mayli, ular minimal emas, maksimal ravishda ko'proq o'yinga chetlatishni istashdi. Klubdagilar komissiyaning qaroridan mamnun emas", - dedi "Barselona" prezidenti.
"Osasuna"ga qarshi o'yindagi xatti-harakatlari sababli Levandovski LaLiganing uch o'yiniga diskvalifikaciya qilindi. Uchrashuvning birinchi bo'limida maydondan chetlatilgan futbolchi zaxira hakamiga qarata barmog'ini burniga tekkizgandi.



