Laporta - Levandovskining diskvalifikaciyasi haqida: "Bu noto'g'ri bo'ldi"

Mirjalol Normatov
29 noya 2022, 20:55
"Barselona" prezidenti Joan Laporta hujumchi Robert Levandovskining LaLigadagi diskvalifikaciyasi haqida gapirdi.

"Levandovskini uch o'yinga chetlatishdan mano yo'q. Menimcha, eng yaxshi qaror bir o'yin bo'lardi.

Mayli, ular minimal emas, maksimal ravishda ko'proq o'yinga chetlatishni istashdi. Klubdagilar komissiyaning qaroridan mamnun emas", - dedi "Barselona" prezidenti.

"Osasuna"ga qarshi o'yindagi xatti-harakatlari sababli Levandovski LaLiganing uch o'yiniga diskvalifikaciya qilindi. Uchrashuvning birinchi bo'limida maydondan chetlatilgan futbolchi zaxira hakamiga qarata barmog'ini burniga tekkizgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal