

“Bunaqa holatlarda birinchi navbatda klub rahbari iste'foga chiqishi lozim degan fikr xayolga keladi. Lekin Bartomeuning “Barselona” prezidentligini tark etmaganidan hayratdaman. Men umuman uni ko'rmadim. “Barsa”ning hozirgi rahbariyati anchadan buyon klubni “buzish” bilan shug'ullanib kelmoqda. Rahbarlarni faqat shaxsiy biznesi qiziqtiradi. Klubni bunday insonlarning qo'lida qolishi juda xavfli”, deydi Kataloniya jamoasining sobiq prezidenti.



