
Germaniya terma jamoasining sobiq sardori Filipp Lam ("Bavariya"), Germaniya terma jamoasi hamda Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purari Miroslav Kloze ("Lacio") va Per Mertezaker ("Arsenal") terma jamoa bilan rasman xayrlashishdi.
Ularga Germaniya futboli ittifoqi tomonidan sovg'alar va mamlakat futboli uchun qilgan xizmatlari uchun tashakkurnomalar taqdim etildi.
Eslatib o'tamiz, bu uchala futbolchi Brazaliyada bo'lib o'tgan mundialda Germaniya termasi bilan jahon chempioni bo'lishgan edi.