LaLiganing mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
10 iyu 2021 23:17
Yangiliklar
LaLiganing mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
LaLiga rahbariyati yakunlangan 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlab oldi.
Unga ko'ra, sovrinni "Atletiko" posboni Yan Oblak qabul qilib oldi. Yakunlangan mavsumda u Ispaniya chempionatidagi barcha 38 turda ishtirok etdi. O'z darvozasidan 25 gol o'tkazib yuborgan sloveniyalik 18 o'yinda darvozasi quruqligini saqlab qoldi.
Oldinroq 28 yoshli kiper bir o'yinda o'rtacha eng kam gol o'tkazib yuborish bo'yicha eng yaxshi natijani qayd etgani uchun Samora sovrini bilan taqdirlangandi.
Fikrlar