So’nggi yangiliklar

07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  21 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  9 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  11 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  5 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  21 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  13

LaLiga. "Barselona" "Anoeta"da 2 ochko yo'qotdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" "Anoeta"da 2 ochko yo'qotdi

LaLiganing 17-turi doirasida "Barselona" safarda "Real Sosedad"ga qarshi bahs olib bordi.

Real Sosedad – Barselona 2:2

«Reale Arena»

Gol: Oyarsabal (12-pen), Grizmann (38), Suares (49), Isak (62).

Real Sosedad – Remiro, Lorente, Saldua, Monreal, Gevara, Merino, Edegor, Oyarsabal, Subeldiya, Portu (Yanuzay, 59), Isak (Villian Joze, 66).

Barselona – ter Stegen, Langle, Serji Roberto, Alba (Semedu, 74), Pike, Buskets (Alenya, 73), de Yong, Rakitich (Vidal, 80), Messi, Suares, Grizmann.

Ogohlantirish: Suares (74).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Barselona" o'zi uchun og'ir stadionda durang qayd etdi va "Real"chilarni xursand qildi.

90+2. Suares to'pni uzatganidan keyin Pike raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Ha, yiqitilgandi. Hakam esa futbolchi o'zi yiqildi deb topdi.

90+1. Messi bir necha himoyachilarni aldab o'tmoqchi edi. Biroq unga qarshi 4 himoyachi o'ynab, to'pni olib qo'yishdi.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Xavfliiiiii!!! Semedu chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Uning uzatgan to'pini himoyachi qaytardi. To'p Suaresga yaqin kelgandi. Uning zarbasini ham "Sosedad" himoyachilari qaytardi.

85. Aslida o'yinning so'nggi 10 daqiqaligida temp shunchalik yuqoriligidan muxlislarning tizzasi qaltirashi kerak. Biroq bugungi, balki ayni "Barselona" so'nggi 10 daqiqalikda yuqori tempda o'yin ko'rsata olmasligi sezilmoqda.

82. Alenya raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketganidan keyin boshidan qon oqqandi. SHifokorlar uning qonini to'xtatishdi va futbolchi maydonga qaytdi.

79. Zarbaaaaaaa!!!! Rakitichning zarbasi biroz noaniq ketdi!!!

78. Messi bir necha futbolchilarni aldab o'tmoqchi edi. Bugun "Real" futbolchilari uni bir necha nafar bo'lib pressing qilmoqda.

76. "Real Sosedad" yana hujumda. Bu safar Edegorning markazdan uzatgan pasiga Villian Joze yana bir bor etib bora olmadi.

73. Daxshaaaatttt!!! Edegorning pasidan keyin Villian Joze hisobni o'zgartirishi mumkin edi. Biroq pas biroz noaniq bo'ldi.

70. Nimalar bo'lmoqda!!!! Tribuna bir zumga jim bo'lib qoldi. "Sosedad" juda qulay imkoniyatlarni golga aylantira olmayapti. Ular bugun o'zlarini "Barselona" deb o'ylashmoqda))

66. Zarbaaaaaaaaa!!!! Yanuzayning zarbasi noaniq ketdi.

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!!! Qanotdan uzatilgan to'pni qaytarishda ter-SHtegen xatolikka yo'l qo'ydi va Isak bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi, 2:2!!! O'yin boshqatdan boshlanadi. Eng qizig'i oldinda...

O'yinning 1 soatini yuqori tempda o'tkazdik. Hozircha chiroyli o'yin bo'lmoqda. Kuzatishda davom etamiz.

58. Zarbaaaaaa!!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Pike boshi bilan zarba berdi. To'pni himoyachilar qaytarib qoldi. Hisob 1:3ga etishi mumkin edi hozir!

55. Ikki jamoa ham biroz yopilib olishdi. Vaziyatlar biroz kamayib ketdi.

52. Zarbaaaaaaaaaa!!! Grizmann to'pni ajoyib tarzda to'xtatib oldi va 17 metrlardan darvozaning yaqin burchagini nishonga olgandi. To'pni Remiro qaytardi!

49. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Messining pasidan keyin Suares hisobni kataloniyaliklar tomoniga o'zgartirdi!!!!

Ikkinchi bo'lim boshlandi! Ayni damda ikki "Real" bir butun bo'lib, "Barselona"ga qarshi muxlislik qilmoqda)))

Taym adolatli 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Taym tempi biz kutgandek o'tdi. Biroq kutilmaganda tashabbus "Real Sosedad" tomonida bo'ldi. Ikkinchi bo'limni kutamiz...

45+1. Taym yakunida "Sosedad" yana hujumlarni kuchaytirmoqda. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Pike boshi bilan qaytarib yubordi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Edegor va Oyarsabal anchagina yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Umuman olganda "Sosedad"ning o'yinini alohida takidlasa bo'ladi. "Barselona"da esa o'yin biroz sifatsizroq o'tmoqda.

38. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Grizmann raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni Remironing ustidan shundoqqina tashlab qo'ydi. Ajoyib gol!!! Antuanning boy tajribasi bu erda juda ham asqotdi.

Dastlabki 35 daqiqalikda paslar oshirish bo'yicha ustunlik ham yaqqol "Real Sosedad" tomonida. Bugun "Barselona" g'alabaga erishsa, shuning o'zi sehrgarlik bo'ladi shekilli.... "Anoeta" haqiqatdan ham "Barselona" uchun eng og'ir stadionlardan biri.

34. Xavfli vaziyattttt!!!! "Sosedad"ning navbatdagi havfli hujumii!!!! Qanotdan uzatib berilgan to'p darvozaga yo'llanmadi...

28. Bugun "Barselona" futbolchilari juda og'ir o'yin ko'rsatishmoqda. Huddi oyoqlariga tosh osilgandek. Paslar ham o'xshamayapti. "Sosedad" esa adrenalin qabul qilgandek...

23. Xavfli vaziyatttttt!!!!!! Albaning qanotdan darvoza yaqiniga uzatgan to'pini hech kim darvoza tomon yo'llamadi. Umuman olganda ayni daqiqalarda "Barselona" o'yin suratini tenglashtirdi. Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqaligida "Real Sosedad" katta ustunlikka ega bo'layotgandi.

18. Yana zarba va yana "Sosedad"!!! Edegorning zarbasi biroz noaniq ketdi. "Barselona" libosida kimlar maydonga tushgani menga qiziq tuyulmoqda. Rostdan ham shu "Barselona"mi?!

17. Hali ham  "Real Sosedad" hujumda. Agarda "Barselona" shunday o'yin ko'rsatadigan bo'lsa, tobora "pik" formasiga chiqib borayotgan "Real"dan mag'lub bo'lishi ham mumkin.

14. Zarbaaaaaaaaaaa!!! Suaresning zarbasini Remiro qaytardiiiiii!!! "Barselona"ning dastlabki 15 daqiqalikdagi ilk xavfli zarbasi edi bu. Ilk daqiqalardan katta tashabbus san-sebastyanliklar tomonida.

12. GGGGGGGGOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Oyarsabal 11 metrlik jarimadan unumli foydalandi!!!

11. Ana holossssssss!!! Penaltiiiiiii!!!! "Barselona" darvozasi tomon!!! Tushunarsiz....

10. "Anoeta" tribunalari to'lib toshgan. Ular o'z suyuklilarini tinimsiz qo'llab turishibdi.

8. O'yin tempi asta-sekin tushmoqda. Negadir tomonlar raqiblarini o'rganish jarayonini uzoq vaqt davom ettirishmoqda.

5. Oyarsabal bu safar o'zi zarba berdi uzoooqq masofadan. Darvozada hech kim yo'q deb o'yladi shekilli.

3. Uxxxxxxxxx.... Ilk xavfli hujum mezbonlar tomonidan amalga oshirildi. CHap qanotdan Oyarsabalning uzatgan to'pi Pikedan o'tganida katta ehtimol bilan hisob ham o'zgarardi. Uning ortida "Sosedad" hujumchisi gol uraman deb turgandi.

1. Bahsni boshlab oldik! Endi buyog'iga Messining sehrgarliklarini tomosha qilamiz)

- Demak, jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика