“Lacio” direktori: “Yuventus”, “Milan”, “Roma” hamda “Inter” – texnik jihatdan bankrot klublar”
16 okt 2022 09:40
Yangiliklar
“Lacio” direktori: “Yuventus”, “Milan”, “Roma” hamda “Inter” – texnik jihatdan bankrot klublar”
“Italiyada faqat 4 ta klub hali ham malum oilalarga tegishli: “Udineze”, “Atalanta”, “Lacio” hamda “Napoli”. Men aynan shunday yondashuv tarafdoriman, chunki transmilliy korporaciyalar sof tijorat manfaatlarini ko'zlaydi, buning natijasida esa futbol zavqi, ishtiyoq, mazkur sportga bo'lgan muhabbat yo'qoladi. Bu tuzilmalar malum algoritmlar bo'yicha ishlaydi va ularga klub tarixi yoki shahri qiziq emas.
Bugungi kunda “Yuventus”, “Milan”, “Roma” va “Inter” shu qatordagi klublar, ular texnik jihatdan bankrot bo'lgan, ammo ular qo'llab-quvvatlanmoqda, chunki tizim ular uchun kerak. Bizda kelajak haqida o'ylaydigan klublar ko'proq bo'lishi muhim”, deya qayd etgan Tare.
Eslatib o'tamiz, 49 yoshli Tare 2005-2008 yillarda “Lacio” sharafini himoya qilgan. Albaniya TJ sobiq forvardi 2009 yildan beri rimliklar strukturasida faoliyat olib bormoqda.
Fikrlar