La Ligaga chiqqan ikkinchi klub nomi ham malum bo'ldi
18 iyu 2020 08:28
Yangiliklar


La Ligaga chiqqan ikkinchi klub nomi ham malum bo'ldi
“Ueska” Segunda 41-turida “Numansiya”ni 3:0 hisobida engdi.
Bu orqali “Ueska” Segundada mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganda La Ligaga chiqish yo'llanmasini hal etdi. “Ueska” musobaqa jadvalida “Kadis”dan keyin ikkinchi o'rindan joy olgan. Avvalroq “Kadis”ning La Ligaga qaytgani haqida xabar berilgandi.
“Ueska” so'nggi 3 mavsum davomida ikki bor La Ligaga chiqmoqda. Bunday natijani avvalroq “Deportivo” qayd etgandi — 2013 yilgi mavsumdan 2015 yilgi mavsumga qadar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar