So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  1 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  3 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  7 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

La Liga. Benzema va Mendining gollari "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

La Liga. Benzema va Mendining gollari "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi

La Liganing 1-turi doirasida qoldirilgan "Real" - "Xetafe" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Xetafe"
"Estadio Alfredo Di Stefano" o'yingohi
Gollar
: 1:0 – 60 Benzema, 2:0 – 66 Mendi.

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Marselo (Viktor CHust, 86), Mendi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior, Marvin (Arribas, 55), Asensio (Isko, 76), Benzema.

"Xetafe" – Soriya, Olivera, SHakla, Kabako (Timor, 73), Suares, Arambarri, Kukurelya (Unal, 73), Portilo (Alenya, 55), Maksimovich, Anxel Rodriges (Kubo, 55), Ernandes (Mata, 54).

Ogohlantirishlar: SHakla (52), Mendi (71).

Real Madrid

Karim Benzema - 60', Ferland Mendy - 66'

LaLiga . 1-tur

10/02/2021, 00:00

0
:
2
Tugadi

Getafe

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Javier Alberola

45'
90'
55'  Marvin (Sergio Arribas)
60'  Karim Benzema
60'  Vinicius Junior
66'  Ferland Mendy
66'  Marcelo
71'  Ferland Mendy
76'  Marco Asensio (Isco)
86'  Marcelo (Victor Chust)
52'  Sofian Chakla
54'  Juan Hernandez (Jaime Mata)
55'  Angel Rodriguez (Takefusa Kubo)
55'  Francisco Portillo (Carles Alena)
73'  Marc Cucurella (Enes Unal)
73'  Erick Cabaco (David Timor Copovi)


La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing!


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


To'p o'yinga kiritildi va shu pallada bosh hakamning final hushtagi yangradi. "Real Madrid" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi va muhim 3 ochkoga ega bo'ldi. 

90+2-daqiqa. Darvozabon to'pni o'yinga kiritib berdi, maydon markazida "Real" vakili qoidani buzdi deb topildi. 

90+1-daqiqa. O'yinning asosiy vaqti ortda qolganiga qaramay, Vinisius hamon katta tezlikda oldinga o'ta olishini ko'rsatdi, yo'l-yo'lakay brazliyalik futbolchi 2-3 raqibini ortda qoldirdi va yiqitildi. Standartni Benzema amalga oshirdi, ammo juda noaniq. 

90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. Karim Benzema to'pni Modrichga uzatishda xatoga yo'q qo'ydi va mehmonlar hujumga o'tishga harakat qilmoqda. 

87-daqiqa. Vinisius ko'p tanqid qilinadigan jihati, himoyalanishda ham faollik ko'rsatmoqda. 

86-daqiqa. O'zgarish! Marselo o'rniga Viktor CHust o'yinga qo'shildi. Yana bir debyut. 

85-daqiqa. Nacho to'pni maydondan chiqarib yubordi. "Xetafe" uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini amalga oshiradi.

82-daqiqa. O'z navbatida "Madrid" futbolchilari o'ta erkin harakat qilmoqda va joylarini almashib ham o'ynab ketishmoqda. 

80-daqiqa. "Xetafe" hujumning oxirgi qismida qanday harakat qilish, nimaning evaziga chinakamiga xavfli vaziyat, qulay imkoniyat yaratish mumkinligini bila olmayapti.  

79-daqiqa. Kazemiro ham nozik harakatlar orqali raqiblarini aldab o'ta olishini namoyish qildi.  

76-daqiqa. O'zgarish. Marko Asensio uchun bugungi uchrashuv yakunlandi va uning o'rnini Isko egalladi. Asensio bugun samarali harakatlar bilan qayd etilmagan bo'lsada, ancha faol harakat qildi deya olamiz.   

Isko maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

73-daqiqa. O'zgarish. Mark Kukurelya o'rnini Enes Unalga, Erik Kabako esa David Timorga bo'shatib berdi. 

71-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendi taktik fol ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi. 

70-daqiqa. Karim Benzema chap qanotda to'pni egallab, markazga qarab yurdi va zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

68-daqiqa. Ha, aziz futbol ihlosmandlari, "Xetafe" endi himoyani butkul unutgan ko'rinadi. 


66-daqiqa. GOOOOOOOOL! Marseloning uzatmasidan Ferlan Mendi o'ng oyoqda zarba berib, oradagi farqni oshirdi. 

63-daqiqa. "Xetafe" endi qanday harakat qilishi juda qiziq. Gol o'tkazib yuborgach, jamoa ko'proq to'p bilan muomala qilishga urinyapti, lekin hozircha ish xavfli hujumlargacha etib bormadi. 

Buyog'iga o'yin yanada qiziqarliroq va xavfli vaziyatlarga boy bo'lsa ajab emas. 

60-daqiqa. GOOOOOOOL! Vinisus Juniorning aniq uzatmasidan keyin Karim Benzema boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi.  

58-daqiqa. Kuboning faolligidan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo Kukurelya sheriklarini topib, uzatmani amalga oshirguncha,raqib futbolchilari o'z joylariga qaytib ulgurishdi.

55-daqiqa. O'zgarish! Zidan ham o'zgarish amalga oshirdi. Marvin o'rniga Arribas maydonga tushirildi.  

54-daqiqa. O'zgarish! Xuan Ernandes, Anxel Rodriges, Fransisko Portilo o'rniga Xayme Mata, Kubo hamda Karlos Alenya o'yinga qo'shildi.   

53-daqiqa. Marvin burchak zarbasi ishlab oldi. Modrichning uzatmasidan keyin Nacho zarba berish imkonini topdi, lekin noqulay holatdan amalga oshirilgan zarba ancha noaniq chiqdi. 

52-daqiqa. Ogohlantirish. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochka "Xetafe" futbolchisi Sofian CHaklaga ko'rsatildi.   

50-daqiqa. Ferlan Mendi raqamdoshi Xuan Ernandesga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

49-daqiqa. Bu safar Marselodan to'pni qabul qilib olgan Kazemiro darvozani nishonga oldi, lekin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Navbatdagi burchak zarbasidan naf chiqmadi.

48-daqiqa. Asensiodan ajoyib uzatma, Benzema ijrosida yaxshi zarba va darvozabon ham ulardan qolishmay, ishonchli harakat qildi. 

47-daqiqa. Bo'limdagi birinchi xavfli vaziyat "Xetafe" futbolchilari ijrosida amalga oshirildi. Damian Suaresning uzatmasidan keiyn Anxel chalqancha uslubda zarba berishga harakat qilib ko'rdi, noaniq.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni mezbonlar hujumchisi Benzema boshlab berdi.  

Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. "Estadio Alfredo Di Stefano" o'yingohi uzra sharros yomg'ir yog'moqda. 

Alberola Roxas birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shmaslikka qaror qildi. Tanaffus!

45-daqiqa. "Xetafe"ning urinishi omadsiz yakunlandi, to'p uzatishdagi xato bunga sabab bo'ldi. 

43-daqiqa. Benzema va Vinisius bir-birlarini tushinmagani sabab, hujum uzilib qoldi. 

40-daqiqa. Ha, Marseloning eng zo'r davrlari ortda qolgani rostga o'xshaydi, hozirgi vaziyatda braziliyalik futbolchi qaror qabul qilishga juda ko'p vaqt sarflab yubordi, natijada raqib uni to'psiz qoldirdi. 

38-daqiqa. SHeriklarining etma-ket ikki xatodan keyin Varan to'pni duch kelgan tomonga tepib, uzoqlashtirishdan boshqa variant topa olmadi.  



37-daqiqa. Tezkor hujumni Modrich yaxshi zarba bilan yakunlamoqchi edi, lekin David Soriya bir amallab oyoqlari bilan to'pni qaytarib yubordi. 

35-daqiqa. Benzema himoyachilarga yordam kelishga majbur bo'lmoqda.  

32-daqiqa. Marseloning uzatmasidan keyin standart vaziyatda oldinga kelgan Varan zarba yo'lladi, lekin to'p sherigiga tegib, maydonni tark etdi 

31-daqiqa. Suares to'p o'rniga Vinisiusning oyog'iga zarba berib yubordi. 

28-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Marvin ijrosidagi zarbaga aylanib ketgan uzatma yakunlab berdi, darvozabon bunga tayyor ekan va to'pni ushlab olishga muvaffaq bo'ldi.  

25-daqiqa. Markaziy yarim himoyachi poziciyasida paydo bo'lgan Marselo qulay vazitga chiqib borib, zarba yo'lladi, ammo to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

24-daqiqa. "Xetafe"ning hujum tashkil qilish uchun navbatdagi urinishi omadsiz yakunlandi. 

22-daqiqa. Markazdan rivojlantirilgan hujumni o'ng qanotda Marvin qo'llab-quvvatladi va Marko to'pni aynan unga etkazdi, ammo yosh futbolchining uzatmasi ancha xavfli chiqqan bo'lsada, zarba beradigan o'yinchi topilmadi. 

21-daqiqa. O'tgan 20 daqiqa davomida "Xetafe" Kurtuani aytarli bezovta qila olmadi. Mehmonlar hujumga o'ta olishmayapti.  

19-daqiqa. Marselo va Vinisius juftligining faolligi oqibatida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo braziliyalik vingerning uzatmasiga sheriklaridan hech kim eta olmadi. 

17-daqiqa. Benzemaning uzatmasidan keyin Vinisius o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi. 

15-daqiqa. Marvin Pak raqibini dog'la qoldirib ketayotganida yiqitildi, jarima zarbasi. Uni Marko Asensio ijro etib berdi, qaytgan to'pga Marvin birinchi bo'lib etib keldi, lekin jarima maydoniga yorib kirib ketmoqchi bo'lgan yosh futbolchi niyatiga eta olmadi.  

14-daqiqa.  Aynan francuz bosh bilan aniq zarba bergandi, lekin to'p to'singa tegib maydonni tark etdi. 

13-daqiqa. Karim Benzema jamoasning ikkinchi burchak zarbasini ishlab bermoqda.

12-daqiqa. "Real Madrid" chap qanotdan hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin bundan samara chiqara olmadi. 

9-daqiqa. Varan tavakkal qilib o'tirmay, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

8-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Marseloning tushunarsiz qarori, "Xetafe"ning qarshi hujumi bilan yakunlandi, lekin to'p oshirishdagi xato tufayli mehmonlar niyatiga eta olmadi. 

7-daqiqa. Yana Vinisius raqiblaridan osonlik bilan qochib ketmoqda, ammo himoyachi jon holatda tashlanib, to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

6-daqiqa. "Xetafe"ning hujumi birinchi fazasidayoq uzilib qoldi. 

5-daqiqa. Uzatmadan keyin jarima maydoni ichida xavfli vaziyat vujudga keldi va Kazemiro zarba yo'lladi, lekin noaniq. Qo'shimchasiga hakam o'yindan tashqari holat bo'lganini qayd etdi. 

4-daqiqa. To'pni olib qo'ygan Vinisius tezligini ishga soldi va raqiblarini birin-ketin ortda qoldira boshlagandi, ammo qoida buzish evaziga to'xtatildi.  

2-daqiqa. Hozircha "Real" faqat himoyada va markaziy zonada to'p bilan muomalada bo'lib turibdi, hujum uyushtirishning imkoni bo'lmayapti. 

"Xetfae" futbolchilari ishni cho'zib o'tirmay, bugun asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushgan Marvin Pakning qanotiga bosim qila boshladi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.  

Bugungi o'yinni Alberola Roxas (bosh hakam) boshqarib boradi. Umid qilamizki, u o'yinga keskin tasir o'tkazmaydi va biz chiroyli futbol tomosha qilamiz.  

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda, stadion uzra "Madrid" madhiyasi yangramoqda.

"Qirollik klubi" muxlislari yaxshi bilishadi, jamoa sardorlik bog'ichi klub tarkibida o'tkazilgan o'yinlar soniga qarab egasini topadi. SHu sababli ham bugun jamoani Marselo sardor sifatida maydonga olib tushadi, vaholanki agar kadrlar muammosi bo'lmaganida braziliyalik futbolchi zaxirada qolib ketsa kerak edi.  

Yana bir necha daqiqadan keyin La Liganing qoldirilgan o'yini start oladi.  

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Real Madrid" – "Xetafe"

"Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Marselo, Mendi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior, Marvin, Asensio, Benzema.

"Xetafe" – Soriya, Olivera, SHakla, Kabako, Suares, Arambarri, Kukurelya, Portilo, Maksimovich, Anxel Rodriges, Ernandes.

Real Madrid

Karim Benzema - 60', Ferland Mendy - 66'

LaLiga . 1-tur

10/02/2021, 00:00

0
:
2
Tugadi

Getafe

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Javier Alberola

45'
90'
55'  Marvin (Sergio Arribas)
60'  Karim Benzema
60'  Vinicius Junior
66'  Ferland Mendy
66'  Marcelo
71'  Ferland Mendy
76'  Marco Asensio (Isco)
86'  Marcelo (Victor Chust)
52'  Sofian Chakla
54'  Juan Hernandez (Jaime Mata)
55'  Angel Rodriguez (Takefusa Kubo)
55'  Francisco Portillo (Carles Alena)
73'  Marc Cucurella (Enes Unal)
73'  Erick Cabaco (David Timor Copovi)


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика