So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  7 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  818 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

La Liga. "Real Madrid" - "Eybar" 3:1 (Matnli translyaciya) Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" - "Eybar" 3:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 28-tur doirasida Madridda "Real" o'z maydonida "Eybar"ni qabul qilmoqda.

Ushbu sahifada o'yinni matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Etiboringiz uchun tashakkur. "Championat.asia" saytini kuzatishda davom eting, buyog'iga ajoyib futbol uchrashuvlari ko'p bo'ladi. 

Hakamning final hushtagi yangradi va "Real" ishonchli g'alabani rasmiylashtirdi.

93-daqiqa. Sobiq "Realchi" Pedro Leon Varanni aldab o'tdi, ammo uni Tibo Kurtua qarshi olib, to'pni ilib ketdi. 

92-daqiqa. Toni Kroosga nisbatan qarshi qo'pollik uchun Sebastyan Kristoforoga sariq kartochka ko'rsatildi.  

90-daqiqa. Hakam o'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi.

O'yin sekin-asta yakunlanib bormoqda. Qolgan daqiqalarda "Real" navbatdagi uch ochkoni qo'ldan chiqarmasa kerak. "Barselona" bilan oradagi farq yana ikki ochkoni tashkil qiladi va kurash davom etadi. 

Ispaniyalik hamkasblarimizning malumotiga ishonadigan bo'lsak, Kazemiro bugungi uchrashuvda 5 bor o'yin qoidasini buzgan. 

85-daqiqa. Vinisius qulay vaziyatga chiqib borayotgandi, ammo himoyachiga to'pni oldirib qo'ydi.

84-daqiqa. Federiko Valverde Luka Modrichni almashtirdi. 

83-daqiqa. Modrich qanotdan oldinga o'tishi mumkin bo'lgan Vinisiusga to'pni oshirdi, ammo darvozabon braziliyalik o'yinchidan chaqqonroq harakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

Bugun Marko Asensioni ko'rmaymiz. Valverde maydonga tushishga tayyorlanmoqda. 

81-daqiqa. "Real Madrid" o'ng qanotdan oldinga o'tdi, lekin so'nggi pallada himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.  

80-daqiqa. Faol tarzda hakamning qaroriga etiroz bildirgani uchun mehmonlar ustoziga sariq kartochka ko'rsatildi.

78-daqiqa. Takashi Inui maydonga tushirildi.

76-daqiqa. Hakam futbolchilarga suv ichib olish imkoniyatini yaratib berdi.

"Real Madrid" anchadan buyon chinakam xavfli hujum uyushtira olmayapti. 

75-daqiqa. "Eybar" so'nggi daqiqalarda to'pga ko'proq egalik qilmoqda va "Madrid" darvozasi tomon yo'l izlamoqda.

73-daqiqa. Kazemiro maydon markazida qoidani buzdi, ammo raqib jarima zarbasidan foyda chiqara bilmadi. 

70-daqiqa. Zidan shogirdlari raqibni shashtidan qaytarib, o'yin tempini biroz tushirgandek. To'p asosan maydon markaziga yaqin zonada aylanib yuribdi. 

"Real" yana bitta, "Eybar" esa ikki nafar o'zgartirishni amalga oshirishi mumkin.

68-daqiqa. Mehmonlar qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Aniq zarbadan so'ng, Kurtua to'pni ushlab oldi. 

Yo'q, hammasi joyida futbolchi o'yinni davom ettirmoqchi.

Marselo jarohat olib maydonda o'tiribdi. Nahotki uni ham almashtirishga to'g'ri kelsa?!

61-daqiqa. Gol o'tkazib yuborilganiga qaramay,"Real" o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bir yo'la uch futbolchi almashdi Ramos, Azar va Rodrigo o'rniga Militao, Vinisius hamda Beyl tushdi.

Gol hisoblandi. Oradagi farq qisqardi.

"VAR"ga murojaat qilinmoqda.  

60-daqiqa. GOOOOL! Yana burchak to'pi. Jarima maydonidagi pala-partish harakatlardan keyin zarba berildi va to'p Kurtuaning oyoqlari orasidan o'tib ketdi. 

"Eybar" tezroq gol urib olmasa, poezd ketib qolishini tushungan ko'rinadi, katta kuch bilan oldinga borishga harakat qilyapti.

57-daqiqa. Burchak to'pi o'yinga kiritildi va to'p sal qolsa darvozaga kirib ketishi mumkin edi. Bu vaziyatda Kurtua ham ojiz qolgandi, ammo to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

56-daqiqa. Kurtuadan ajoyib seyv. Orelyananing zarbasidan so'ng to'p yuqori to'qqizlikka ketayotgandi, Tibo o'z o'rnida. Burchak to'pi. 

Mehmonlar murabbiylar shtabi vakillari buyog'iga nima qilishni o'ylab "bosh qashimoqda".

52-daqiqa. "Eybar" hujumga o'tmoqchi edi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi.

51-daqiqa. Mezbonlar burchak to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Lekin xavfli zarba berilmadi. 

50-daqiqa. "Real" yana hujumga o'tmoqda. 

Zarbalar borasida hisob tenglashdi - 5:5.

48-daqiqa. Kurtuaning to'p oshirishdagi xatosidan so'ng raqib qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo posbon to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

47-daqiqa. Sariq kartochka. Kazemiro maydon markazida raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.  

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Dani Karvaxal maydonga qaytmadi. Uning o'rniga Ferlan Mendi safga qo'shildi. 

"Madrid" gollarni qanday nishonladi? Hozirgi vaziyatda golni odatdagidek nishonlamaslik borasida maslahatlar berilgandi, ammo xursandchilikda hammasi esdan chiqti shekilli... :)   

Hozircha tanaffus. Biz ham bir oz dam olamiz.

47-daqiqa. Rodrigo hisobni yanada yiriklashtirishi mumkin edi. Rodrigoning zarbasini darvozabon katta qiyinchilik bilan qaytardi va hakam taym yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi!

Birinchi bo'lim deyarli yakunlandi va to'pga egalik qilish 50%-50% bo'lsada, amalda "Eybar" hech nima qila olmayapti. 

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi.

45-daqiqa. "Real" burchak to'pini o'yinga kiritib berdi, ammo ish zarbagacha etib bormadi. 

43-daqiqa. "Eybar" oldinga o'tmoqchi bo'ldi, ammo to'p oshirishdagi xato vaziyatni yo'qqa chiqardi. 

"Eybar" zaxira futbolchilari "Maydonda nimalar bo'lyapti o'zi?" degandek suhbatlashishmoqda. 

"Real"ning tepgan to'pi darvozaga kirib ketayotgandek tuyulmoqda.

37-daqiqa. Navbatdagi GOOOL! Bu safar Marselo! Eden Azarning zarbasini darvozabon qaytardi, ammo bunga tayyor turgan Marselo to'pni darvozaning olis pastki burchagiga joylab qo'ydi.

O'yin yana sekinlashgandek. Ammo etiborli jihati "Madrid" ortiqcha kuch sarflamay raqibini mahorat evaziga dog'da qoldirmoqda. 

Jamoa sardori o'zi to'pni olib qo'yib hujumni boshladi va o'zi, Eden Azarning uzatmasidan so'ng darvozani ishg'ol qildi - 2:0.

30-daqiqa. GOOOOOL! Serxio Ramos!

29-daqiqa. "Eybar" futbolchilari faollashdi, ammo himoyachilar ularning urinishlarini osongina yo'qqa chiqarmoqda. 

Rodrigo o'z qanotida ancha faol harakat qilmoqda. 

25-daqiqa. Zidan shogirdlari raqibni butkul to'psiz harakatlanishga majbur qilishmoqda. 

24-daqiqa. "Real Madrid" futbolchilari chiroyli kombinaciya orqali jarima maydoniga kirib borishdi, lekin Azarning oshirgan to'p yo'liga raqib to'g'anoq bo'ldi.  

Sababini yaxshi bilasiz, pandemiya qurbonlari va virusga qarshi kuragayotgan shifokorlar sharafiga yangradi bu olqishlar.

20-daqiqa. "Maxsus qarsaklar" yangramoqda. 

18-daqiqa. O'yin asosan maydon markaziga yaqin hududda kechmoqda. 

Azar birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, lekin Mendining oshirgan to'pi darvozabon tomonga ketib qoldi. 

"Real Madrid" sekin-asta to'pni va ustunlikni o'ziga qaytarmoqda. 

14-daqiqa. "Real" darvozasi oldida yuzaga kelgan vaziyat natijasida Karvaxal oyog'ini ushlab maydonda yotibdi. 

12-daqiqa. Hozircha "Eybar" to'pga egalik qilishda raqibdan qolishmayapti. 

Gol urilgan vaziyatni tomosha qiling.

9-daqiqa. Eden Azarga nisbatan qoida buzildi. Belgiyalik futbolchi kuchli og'riq sabab, oqsoqlanib harakatlanmoqda.

Zaxira futbolchilari uchun tribunada ham maxsus joy yaratilgani etiborga loyiq. 

Gol urib olgan "Real" ham endi biroz tin olgandek.

5-daqiqa. Tezkor gol qo'yib yuborgan mehmonlar o'yin boshlanganini tushunib qolishdi va to'pga egalik qilishmoqda.

GOOOOOOOL!!! Toni Kroos. CHap qanotdan rivojlangan hujumni germaniyalik yarim himoyachi ajoyib zarba bilan yakunladi. 

2-daqiqa. To'pga mezbonlar egalik qilishmoqda va jamoalar sekin-asta o'yinga kirishishmoqda.  

Demak, o'yin boshlandi va biz ham boshladik. 

Avvalroq aytganimiz, bir daqiqalik sukut tutildi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va sardorlar hamda hakam o'yinni kim boshlashini aniqlab olishdi.

Stadionda "Real Madrid" madhiyasi yangramoqda. Bu mezbon futbolchilarni ruhlantirishi turgan gap.  

Qitadoshimiz Takashi Inui ("Eybar") bugun zaxirada qoldirilgan.

Stadion xodimlari maydon chimini tartibga keltirib, qayta tekshirib chiqishmoqda. 


Yosh Dani Karvaxal Madridning Valdebebasdagi bazasi va "Alfredo Di Stefano" stadioni qurilishida "ishtirok" etgan. 

Oradan 16 yil o'tib himoyachi shu stadionda asosiy jamoa tarkibida maydonga tushadigan bo'ldi. 

Uchrashuv COVID-19 koronavirusi sabab hayotdan ko'z yumgan insonlar xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, kecha tunda "Barselona" o'z uchrashuvida g'alaba qozondi va "Real Madrid" bilan oradagi farqni 5 ochkogo etkazdi. Tabiiyki, bugun Zinedin Zidan shogirdlari 16-o'rinda borayotgan raqibni engib, kurashni davom ettirish niyatidalar. 


YANGILASH


"Real Madrid" – "Eybar"

22.30, «Estadio Alfredo Di Stefano» stadioni

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Marselo, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Kroos, Rodrigo, Modrich, Azar, Benzema.

Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Rafa Soaresh, Arbilya, Korrea, Eksposito, Alvares, Orelyana, De Blasis, Kristoforo, Kike Garsiya.


"Alfredo Di Stefano" La Liga o'yinlarini qabul qilgan 100-stadion bo'ladi! O'ziga xos yubiley. 


Real Madrid

Toni Kroos - 4', Sergio Ramos - 30', Marcelo - 37'

LaLiga . 28-tur

14/06/2020, 22:30

1
:
3
Tugadi

Eibar

Pedro Bigas - 60'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
4'  Toni Kroos
30'  Sergio Ramos
30'  Eden Hazard
37'  Marcelo
46'  Daniel Carvajal (Ferland Mendy)
47'  Casemiro
61'  Sergio Ramos (Eder Militao)
61'  Rodrygo (Gareth Bale)
61'  Eden Hazard (Vinicius Junior)
84'  Luka Modric (Federico Valverde)
57'  Fabian Orellana (Pedro Leon)
57'  Kike Garcia (Sergi Enrich)
58'  Rafa Soares (Pedro Bigas)
60'  Pedro Bigas
60'  Pablo De Blasis
78'  Pablo De Blasis (Takashi Inui)
84'  Anaitz Arbilla (Esteban Burgos)
90'  Sebastian Cristoforo
 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика