So’nggi yangiliklar

16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  5 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  1 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  4 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  1 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  1 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  9 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  13 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  3 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  9 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   9 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6

La Liga. "Real Madrid" - "Alaves" 2:0 (Matnli translyaciya) Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" - "Alaves" 2:0 (Matnli translyaciya)

Teglar :  "Real Madrid"
La Liga 35-turi doirasida "Real Madrid" o'z maydonida "Alaves"ni qabul qildi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin.

YANGILASH


SHu tariqa, uchrashuv yakunlandi va "Real Madrid" ishonchli g'alabaga erishib, "Barselona" bilan oradagi farqni yana 4 ochkoga etkazib qo'ydi.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb Ferlan Mendi tanlandi. 

90+4-daqiqa. Vinisius chap qanoatdan oldinga o'tmoqchi edi, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

90+3-daqiqa. O'zgarish. Braim Dias Kazemironi almashtirdi.

90+2-daqiqa. "Real" futbolchilari juda erkin harakat qilmoqda va ajoyib uzatmalarni amalga oshirdi hamda hujum Iskoning zarbasi bilan yakunlandi.   

Mezbonlarga qolsa, o'yinni hoziroq tugatishga tayyorlar, ular natijadan qanoatlangan holda, kuchlarini ayashmoqda. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Xose Rodriges aniq zarba berdi, lekin Kurtua ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

86-daqiqa. 69% vaqt davomida to'pga egalik qilayotgan "Real" raqibiga hech qanday imkon qoldirmayapti.

84-daqiqa. Iskooooo! Ajoyib zarba va ajoyib seyv! Hisob o'zgarmay qoldi.

84-daqiqa. Sariq kartochka. Zaxiradan tushgan Abdullaxi Maxmud ogohlantirildi.  

82-daqiqa. O'zgarish. Rodrigo o'rniga Isko o'yinga qo'shildi. 

79-daqiqa. Kazemiroga nisbatan qo'pol o'ynashdi. Braziliyalik maydonda yotibdi. 

77-daqiqa. To'pni "Alaves" futbolchilari o'yinga kiritdi, ammo mezbonlar faollik ko'rsatib tezda uni olib qo'yishdi. 

76-daqiqa. Hakam futbolchilarga suv ichib olish imkoniyatini berdi.

75-daqiqa. Maydon markazidagi xatodan so'ng "Real" hujumga o'tib ketdi va yana mehmonlar posboni o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi.

74-daqiqa. Sayns bir nechta raqibni ortda qoldirib zarba berdi, lekin to'p Varanga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to'pidan esa mehmonlar naf chiqara olishmadi. 

72-daqiqa. Kuchga to'la futbolchilar o'yinga qo'shilganidan keyin "Real" aynan ularning faolligi orqali o'yin tizginini qo'lida ushlab turishda davom etmoqda.  

70-daqiqaModrich o'rniga Valverde, Vinisius esa Marko Asensioning o'rniga o'yinga qo'shildi. 

68-daqiqa. O'zgarish. Edgar Mendes o'rnini Borxa Sayns egalladiXose Rodriges esa Xoseluni almashtirdi.    

67-daqiqa. Luka Modrich 30 metrlar chamasi masofadan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida. 

65-daqiqa. O'yinni juda sog'ingan Asensio to'pni Kroosdan ham olib qo'yishga tayyor.  

63-daqiqa. Modrich-Rodrigo-Benzema kombinaciyasini Lukas Vaskes zarba bilan yakunladi, lekin qulay vaziyatda turganiga qaramay, ispaniyalik futbolchi to'pni darvozaga aniq yo'llay bilmadi. 

60-daqiqa. "Alaves"ning kam sonli hujumlaridan biri. Benzemaning xatosi va to'p yo'qotilishidan keyin Xoselu yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, kuchli zarba berdi, lekin Tibo to'pni qaytarishni uddaladi va keyin himoyachilar yordamga kelishdi.

57-daqiqa. "Real Madrid" futbolchilari ijrosida ketma-ket hujumlar va ketma-ket zarbalar amalga oshirildi, lekin har safar to'p darvozaga borib tushishni istamadi. Bu vaziyatda darvozabonning ham faol o'ynini takidlash lozim. 

55-daqiqa. O'zgarish. Lukas Peres va Lyubomir Feysa maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Abdullaxi Maxmud va Luis Rioxa tushdi. 


Mezbonlar ikkinchi bo'lim avvalida ikkinchi golni urib, g'alaba tomon katta qadam tashlashdi.

51-daqiqa. Yana bir marta qayta ko'rgan hakamlar golni inobatga olishga qaror qilishdi! Asensio o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi!

49-daqiqa. GOOOOL! Lekin Benzema o'yindan tashqari holatda ekanligi sababli, gol inobatga olinmadi. 

Birinchi bo'limda bo'lgani kabi "Real" raqibni to'psiz yugurishga majbur qilmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda! Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Uchrashuvda bosh hakam o'zgardi.  

SHu tariqa, birinchi bo'lim yakunlandi, biroz tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytamiz

45+5-daqiqa. Rodrigoga to'pni oshirib, qayta qabul qilgan Benzemaning bergan zarbasiga kuch etishmadi. 

45+4-daqiqa. "Alaves" vanihoyat to'pni olib qo'yib, hujumga o'tishi mumkin edi, lekin to'p oshirishdagi xato bunga yo'l qo'ymadi.

45+3-daqiqa. "Alaves" futbolchisi tepgan to'p jarima maydoni ichida sherigining qo'liga tegdi, ammo hakam bu vaziyat uchun penalti belgilamaslikka qaror qildi.

45+2-daqiqa. "Real" juda bemalol o'ynamoqda, raqibga "qo'lingdan kelganini qil, biz baribir kuchliroqmiz" degandek.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

42-daqiqa. Luka Modrich qiyin vaziyatda ajoyib harakat qildi va to'pni jamoasida saqlab qoldi. 

39-daqiqa. "Real Madrid" esa o'z navbatida to'pni o'zida ushlab turib, o'yin tempini tushirishga urinayotgandek. 

"Alaves" asosan raqibning o'ng qanotidan, yani Lukas Vaskes o'ynayotgan zonadan tashkillashtirilmoqda. Buni tushunsa bo'ladi, mehmonlar murabbiylari ham raqib tarkibi, kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgangan.

35-daqiqa. Oliver Byork chap qanotdan ikki raqibini aldab o'tib, jarima maydoniga kirib bordi va to'pni Lukasga aniq etkazdi, ammo Peresning zarbasi o'xshamadi. 

32-daqiqa. Bo'ldi hamma, hakam ham qaytdi, o'yin davom etmoqda.  

Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi. O'yin hakam jarohati sabab malum muddat to'xtab turdi.  

28-daqiqa. Modrichga nisbatan qo'pollikdan keyin hakam o'yinni yana to'xtatdi. Futbolchilarni suv ichib olishga chaqirdi va o'zi ham shifokorlarga murojaat qilmoqda.

26-daqiqa. Hakam oyog'ida og'riq sezdi va o'yin to'xtatildi.  

25-daqiqa. Oliver Byork qarshi hujumni rivojlantirdi, katta tezlikda oldinga intilgan futbolchi qulay vaziyat paydo bo'lishi bilan kuchli zarba berdi, ammo Kurtua o'z o'rnida.

24-daqiqa. O'zgarish! Mehmonlar safida erta o'zgarish ko'radigan bo'ldik chog'i. Ximo jarohat sabab o'rnini Martin Agirregabiriyaga bo'shatib berdi.

22-daqiqa. Jamoalar vaziyatdan foydalanib, suv ichib olishdi.

Darvoqe, ushbu gol "qaymoqranglilar" uchun Zinedin Zidan qo'l ostidagi 500-gol bo'lib tarixda qoladigan bo'ldi. 

Avvalgi uchrashuvlardan farqli ravishda bu safar "Real" nisbatan tez gol urib oldi. Qiziq jihati shuki, buyog'iga Zidan shogirdlari endi qanday harakat qilisharkin.

18-daqiqaYana Mendi qanotda faollik ko'rsatdi, jarima maydoniga kirib bordi va sheriklarini qidirgandi, lekin to'pni himoyachi darvoza tomon yo'lladi... Darvozabon katta qiyinchilik bilan uni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

16-daqiqa. Lukas Peres jarima zarbasini amalga oshirib berdi, ammo sherigining zarbasiga aniqlik etishmadi.  

14-daqiqa. Toni Kroos jarima maydoniga yaqin hududda to'pga birinchi bo'lib etib keldi va darvoza tomon zarba berdi, ammo biroz noaniq.

11-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema penaltidan hisobni ochdi.

10-daqiqa. PENALTIIIIII! :) Har holda hakam nuqtaga ishora qildi! VAR qarorini kutamiz! 

8-daqiqa. Lukas Peres qulay vaziyatga chiqib borayotgandi, Eder Militao uni quvib etdi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

7-daqiqa. Bugun sardor sifatida maydonga tushgan Karim Benzema bu safar o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 

6-daqiqa. Varan maydon markazida Lukas Peresga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

5-daqiqa. "Real" hujumga o'tdi, o'ng qanotdan uzatilgan to'p uchun kurashda Benzema qoidani buzdi.

3-daqiqa. "Alaves" jamoasi chap qanotdan hujumga o'tdi va to'p jarima maydoniga oshirildi, avvaliga u to'singa tegib qaytgan bo'lsa, keyingi zarbani Varan qaytardi.   

Mezbon bugun oq rangli liboslarda harakat qilishadi, mehmonlar esa ko'k-oq ranglarda. 


YANGILASH

Uchrashuvni jamoalar quydagi tarkibda boshlashadi.

La Liga, 35-tur.
"Real Madrid" – "Alaves"
«Estadio Alfredo Di Stefano» stadioni

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Militao, Mendi, Vaskes, Kroos, Modrich, Asensio, Kazemiro, Rodrigo, Benzema.

"Alaves" – Roberto, Eli, Laguardia, Marin, Ximo Navarro, Mendes, Feysa, Berk, Kamarasa, Lukas Peres, Xoselu.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика