So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

La Liga. "Real" "Betis"ni engib, peshqadam bo'lib oldi Yangiliklar

La Liga. "Real" "Betis"ni engib, peshqadam bo'lib oldi

Ispaniya chempionati 4-turi doirasidagi uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Real Madrid

Vinicius Junior - 9', Rodrygo - 65'

LaLiga . 4-tur

03/09/2022, 19:15

1
:
2
Tugadi

Real Betis

Sergio Canales - 17'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 58579 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
9'  Vinicius Junior
9'  David Alaba
63'  Eduardo Camavinga (Federico Valverde)
65'  Rodrygo
65'  Federico Valverde
80'  Rodrygo (Daniel Ceballos)
80'  Luka Modric (Toni Kroos)
90'  Daniel Carvajal (Antonio Ruediger)
11'  Nabil Fekir (Luiz Henrique)
17'  Sergio Canales
17'  Borja Iglesias
25'  Edgar Gonzalez
71'  Youssouf Sabaly (Aitor Ruibal)
71'  Andres Guardado (Willian Jose)
72'  Juanmi (Joaquin)

Real Madrid – Betis 2:1  

19.15, «Santyago Bernabeu»

Gol: Vinisius Junoir 9', Rodrigo 65' – Kanales 17' 

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Ryudiger, 90+1), Militao, Alaba, Mendi, CHuameni, Modrich (Kroos, 89), Kamavinga (Valverde, 63), Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 89), Benzema

Betis – Ruy Silva, Sabali (Ruibal, 71), Edgar Gonsales, Luis Felipe, Moreno, Guardado (Joze Villian, 71), Kanales, Rodriges, Xuanmi (Xoakin, 71), Fekir (Luis Enrike, 11), Iglesias

Ogohlantirish: Edgar Gonsales (25)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! "Real" g'alabaga erishdi va turnir jadvali peshqadamiga aylandi.

90+1. "Real"da o'zgarish: Karvaxal o'rniga Ryudiger o'yinni tugatib qo'yadi.

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.

90. Bahsni tomosha qilish uchun 58 579 tomoshabin kelgani aytilmoqda.

89. Kroosning burchak zarbasidan oshirgan to'pini mudofaa chizig'i vakillari uzoqlashtirishdi.

88. Karim Benzema to'pni ichkariga uzatib berdi, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi, burchak zarbasi. 

85. Zarba! CHuameni olis masofadan olis tribunani nishonga oldi.

82. Federiko Valverde to'pni qabul qilib, zarba iero qildi, ammo himoyachilar zarbani "bloklashdi".

79. "Real"da 2 ta o'zgarish: Modrich o'rniga Kroos, Rodrigo o'rniga Sebalos bahsni davom ettiradi. 

77. Futbolchilar suv ichib olishlari uchun sharoit yaratilmoqda.

75. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 49% – 51%.

71. "Betis"da 3 ta almashtirish: Sabali o'rniga Ruibal, Guardado o'rniga Joze Villian, Xuanmi o'rniga Xoakin maydonga tushdi. 

70. Zarbaaaa!  "Real"ning keskin hujumi Modrichning aylanma zarbasi orqali yakun topdi, ozgina aniqlik etishmadi.

68. "Real Madrid" qisqa pas orqali o'yin tashkil qilmoqda.

65. GOOOOOOOOOOOOL! Karvaxal – Valverde – Rodrigo kombinaciyasidan so'ng braziliyalik hujumchi "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1!

63. "Real"da almashtirish: Kamavinga o'rniga Valverde o'yinga qo'shildi.

62. Serxio Kanalesning burchakdan uzatgan to'piga himoyachilar birinchi bo'lib ega chiqishdi va to'pni darvoza yaqinidan uzoqlashtirishdi.

61. Zarba!  Rodrigoning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

59. Borxa Iglesias Orelen CHuameniga nisbatan qoidani buzdi. 

59. Andres Guardado shifokorlar yordamiga muhtojlik sezmoqda. U oldingi vaziyatda jarohat olgan bo'lishi mumkin.

57. Zarba!  Benzemaning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

56. Rodrigo jarima maydoni chizig'i oldida yiqitildi, Vinisius Junior hujumni davom ettirib ketib, Benzemaga pas berishga urindi, ammo Karim to'pni to'xtata olmadi. Vaziyat yakunlangach, hakam kechiktirilgan fol qayd etdi.

54. Zarbaaa!  Luka Modrich yaxshi holatga chiqib borib, chap yuqori burchakni ko'zladi, ammo Ruy Silva zarbani to'sib, uni ranjitdi.

52. Karim Benzemaning oldinga uzatgan to'pi Andreas Guardado tomonidan to'xtatib qolindi.

48. Zarbaaa! Benzemaning zarbasini Ruy Silva to'sdi, biroq hujumchi ofsaydda qolgan ekan, keyinroq hakam hushtagini chaldi.

46.Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob teng – 1:1. Tanaffus! 

45+2. Uuuux! Benzema Modrichga pas berdi. Xorvatiyalik xavbekning zarba yo'lladi, biroq zarba yo'liga himoyachilar g'ov bo'lishdi. 

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Zarba!  Vinisius Juniorning olisdan bergan kuchli zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

41. Serxio Kanalesning uzatmasini sherigi Borxa Iglesias qabul qilishda qiynaldi, chunki uzatma juda omadsiz amalga oshirilgandi.

39. Vinisius Juniorning krossini himoyachilar bartaraf etishdi. "Real" burchak zarbasi tepish huquqiga ega chiqdi.

37. Gvido Rodriges Kamavingaga nisbatana qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

34. Vinisius Juniorning pasini darvozabon Ruy Silva qo'lga kiritdi.

27. Luka Modrichning ichkariga uzatgan to'pi raqiblar tomonidan bartaraf qilindi.

25. Edgar Gonsales Karvaxalga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi.

24. Zarbaaaa! Vinisius Juniorning pasidan keyin Benzema yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi. 

21. Luka Modrichning burchak zarbasidan oshirib bergan to'piga jamoadoshlari etib kela olishmadi.

20. Zarbaaa! CHuamenining bosh bilan bergan zarbasini Ruy Silva qaytardi! Qoyilmaqom seyv!

19. Uuuux! Rodrigo yaqin masofadan darvozaga yo'l topa olmadi!

17. GOOOOOOOOOOOOL!  "Real" sobiq futbolchisi Serxio Kanales Kurtuani erlatib yo'llagan zarbasi orqali Kurtuani ojiz qoldirdi – 1:1!

15. Gvido Rodriges pressing paytida qoidani buzdi.

12. Kamavinga Sabaliga nisbatan qoidani buzdi.

11. "Betis"da majburiy o'zgarish: jarohatlangan Fekir o'rniga Luis Enrike tushdi.

9. GOOOOOOOOOOOOL! Vinisius Junior to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'yib, hisobni ochdi – 1:0! Alabadan ideal pas bo'ldi. Bravo! 

7. Eduardu Kamavinga yaxshi pas uzatgandi, ammo himoyachilar to'sqinlik qilishdi.

5. Luka Modrich qaltis uzatmani amalga oshirishiga bir bahya qoldi, biroq himoyachilar Vinisius tomon kelgan to'pni to'xtatishga erishishdi. 

3. Aleks Moreno chap qanotdan hujumga o'tib, havodan kelgan to'pni qabul qilishda qiyinchilikka duch keldi.

1. O'yin boshlandi! 

"Real" futbolchilari CHempionlar Ligasi sovrini va Evropa Superkubogini namoyish qilishdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика