La Liga. "Barselona" va "Rayo Valekano" g'olibni aniqlay olishmadi
25 noy 2023 20:00
Yangiliklar


La Liga. "Barselona" va "Rayo Valekano" g'olibni aniqlay olishmadi
Murosasiz kurashlarga boy bo'lgan, qiziqarli bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Rayo Vallecano Unai Lopez - 39' |
LaLiga . 14-tur 25/11/2023, 18:00 1
:
1
Tugadi
|
Barcelona Florian Lejeune - 82' |
Stadion: Campo de Futbol de Vallecas, 14148 tomoshabin
Bosh hakam: Jose Munuera
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatish mumkin bo'ldi.
90+9-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va ajoyib bellashuv durang bilan yakun topdi.
Palason uzatmani amalga oshirdi, lekin ish xavfli vaziyatgacha etib bormadi.
90+7-daqiqa. "Rayo Valekano" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. To'g'ri, maydon markazidan amalga oshiriladi, lekin uzatma qilsa bo'ladigan nuqta.
Biroq hakamlar bu penaltiga tortmaydi deb hisoblashdi va o'yin davom ettiriladi.
Himoyachi to'pga amalda eta olmagan, ammo harakat davomida Rafinyaning oyog'iga zarba bergandek...
90+4-daqiqa. Hozir "VAR" "Rayo Valekano" darvozasi tomon penalti belgilanishiga sabab bo'lishi mumkin.
90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Joau Feliks qo'polligi uchun sariq kartochka ishlab oldi.
90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
90-daqiqa. Ogohlantirish! Kanseluga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun hakam Radamel Falkaoni ogohlantirdi.
88-daqiqa. O'yindagi ilk offsayd asosiy vaqtning deyarli oxirida yuz berdi. Bebe himoyachilardan oldinga o'tib ketgandi.
Barchasi joyida, qoidalar buzilmagan va hisob chindan tenglashdi. Oxirgi daqiqalar yanada qiziqarli bo'lishini taxmin qilishimiz mumkin.
"VAR" ehtimoliy offsaydni ko'rib chiqmoqda.
82-daqiqa. GOOOOOL! "Barsa", aniqrog'i mezbonlar himoyachisi Florian Lejen hisobni tenglashtirdi - avtogol.
Ikkinchi bo'limda va ayniqsa so'nggi daqiqalarda "Rayo" hujumga chiqmay qo'ydi.
78-daqiqa. O'zgarish! Mezbonlar tarkibida yana futbolchi alishdi. Hozircha yagona gol muallifi Unai Lopes o'rnini Alin Raciuga bo'shatib berdi.
76-daqiqa. Hozir maydonga tshugan Rafinya kutilmaganda yaqin burchakka kuchli zarba yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi, Levandovskining zarbasini kiper qaytardi, undan so'ng, himoyachilar darvozabonga yordam berib yuborishdi. "Barsa" golga juda yaqin kelgandi.
O'zgarishlar! Abdul Mo'min o'rniga Pati Siss, Serxio Kamelo o'rniga esa Radamel Falkao tushdi.
75-daqiqa. O'zgarishlar! Yamal va Pedri o'rniga Fermin Lopes va Rafinya tushdi.
74-daqiqa. Yoshlar terma jamoasi tarkibida Toshkentga kelib ketgan Fermin Lopes maydonga tushishga tayyorlanmoqda.
70-daqiqa. Levandovski jarima zarbasidan yo'llagan to'pi himoyachiga tegib, balandga ko'tarildi va uni Dimitrievski qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
68-daqiqa. O'zgarishlar! Oskar Trexo va Xorxe de Frutos o'rniga Bebe va Kike Peres maydonga tushirildi.
62-daqiqa. Pedriga nisbatan fol va "Barselona" standart vaziyatga eag bo'lmoqda.
60-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 36% - 64% "Barselona" foydasiga, albatta.
57-daqiqa. "Rayo" futbolchilari bor kuchi bilan, butun jamoa bo'lib maydonning har erida raqibga pressing uyushtirmoqda va to'p uchun kurashda juda faol harakat qilmoqda.
55-daqiqa. O'zgarishlar! Ferran Torres va Oriol Romeu o'rniga Ilkay Gyundogan va Joau Feliks o'yinga qo'shildi.
52-daqiqa. Ogohlantirish! Taktik fol uchun Oriol Romeuga hakam sariq kartochka ko'rsatdi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+4-daqiqa. Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!
45+2-daqiqa. Oskar Trexoning uzatmasidan keyin ish zarbagacha etib bormadi.
45+1-daqiqa. "Rayo" urchak zarbasi ishlab oldi. Balde to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
45-daqiqa. O'yinning birinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
40-daqiqa. "VAR" vaziyatni qayta ko'rib chiqdi va o'yin qoidalari buzilmaganini malum qildi. Gol inobatga olindi, "Rayo" hisobda oldinga chiqib oldi.
39-daqiqa. GOOOOOL! Unai Lopes ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. Jarima zarbasidan keyin takror va takror zarbalar yo'llagan "Rayo" niyatiga etdi.
38-daqiqa. O'yin davom etadi.
Mezbonlar vakili maydonda yotibdi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.
36-daqiqa. Inigo Martines Isaak Palasonga nisbatan fol ishlatdi, deb topildi.
31-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Pedriga sariq ko'rsatdi.
26-daqiqa. "Rayo" hujumida zarba yo'liga Kanselu to'g'anoq bo'ldi.
23-daqiqa. O'yin tempi biroz pasaygandek. Mezbonlar hozircha "Barselona"ga bo'sh zonalar qoldirmaslikni uddalashmoqda.
20-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. Biroq hozircha ish chinakamiga xavfli vaziyatgacha etib bormayapti.
16-daqiqa. "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Balliu to'p uchun kurashda Ferran Torresga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
14-daqiqa. Pedri chaproqdan jarima maydonchasi chizig'iga yaqinlashib aylanma zarba berdi, Stole o'z o'rnida.
12-daqiqa. "Rayo" futbolchisi raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinib ko'rdi.
9-daqiqa. Pressing oqibatida de Yongdan to'pni olib qo'yishdi va Oskar Valentin zarba berdi, biroq urinishi kuchsiz chiqdi hamda xavf bartaraf etildi.
8-daqiqa. "Barsa"ning navbatdagi urinishi omadsiz yakunlandi. Dimitrievskining chiqib kelishi Robertni chalg'itdi va to'p polshalikdan qochib ketdi.
5-daqiqa. Isi Palazon aniq zarba berdi va Inyaki Penya to'pni avval qaytarib, keyin ushlab oldi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
CHempionat Ispanii
14-tur
Rayo Valekano – Barselona 1:1
25 noyabr, 16.00, "Kampo de Valekas"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar