So’nggi yangiliklar

15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  0 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  2 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  14 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  12 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1

La Liga. "Barselona" g'alaba qozondi, lekin bu natijaga osonlik bilan erishilmadi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" g'alaba qozondi, lekin bu natijaga osonlik bilan erishilmadi

Ispaniya chempionati 14-turidan o'rin olgan "Leganes" - "Barselona" uchrashuvida mehmonlar iroda namoyish eta olishdi.

Birinchi bo'limda En-Neseri gol urib, "Leganes"ni oldinga olib chiqqan bo'lsa, Suares va Vidalning aniq zarbasi "Barselona"ga g'alaba keltirdi.

Leganes

Youssef En-Nesyri - 12'

LaLiga . 14-tur

23/11/2019, 17:00

2
:
1
Tugadi

Barcelona

Luis Suarez - 53', Arturo Vidal - 79'

Stadion: Estadio Butarque, 9465 tomoshabin

Bosh hakam: Jaime Latre

45'
90'
12'  Youssef En-Nesyri
12'  Roque Mesa
20'  Roque Mesa
61'  Oscar Rodriguez (Javier Eraso)
83'  Kenneth Omeruo (Rodrigo Tarin)
83'  Roque Mesa (Guido Carrillo)
32'  Sergio Busquets
53'  Luis Suarez
53'  Lionel Messi
57'  Sergio Busquets (Ivan Rakitic)
57'  Antoine Griezmann (Arturo Vidal)
70'  Frenkie de Jong (Ansu Fati)
79'  Arturo Vidal
90'  Arturo Vidal

LEGANES — BARSELONA 1:2 (1:0, 0:2)

23 noyabr, 17.00, «Butarke»

Gol: En-Neseri (assist: Mesa) 12, — 1:0, Suares (assist: Messi) 53, — 1:1, Vidal 79, — 1:2.

"Leganes" –
Kuelyar, Bustinsa, Omeruo, Silva, Siovas, Mesa, Ruben Peres, Oskar Rodriges (Eraso, 61), Rosales, Breytueyt, En-Nesiri.
Zaxira: Avazim, Tarin, Karrilo, Ruybal, Arnais, Soriano.

"Barselona" – ter Stegen, Vage, Pike, Umtiti, Firpo, de Yong (Fati, 70), Buskets (Rakitich, 57), Dembele, Suares, Grizmann (Vidal, 57), Messi.

Zaxira: Netu, Morer, Arauxo, Alenya.

Ogohlantirishlar: Mesa (20), Buskets (32), Vidal (90).


TUGADI. "Barselona" bugungi bahsda qiynalgani bor gap, ammo muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.


— UCHRASHUVGA 4 DAQIQA QO'SHIB BERILDI!

90. Arturo Vidal sariq kartochka oldi.

85. Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari! Bu bir o'yin. Yutqazsa ham, yutsa ham baribir hammasi o'tkinchi! O'zaro hurmatni saqlaylik! Qora ro'yxatga tushib qolib hayron bo'lmang, tag'in! O'yinni kuzatishda davom etamiz...

81. GOL, 1:2. Vidalning goli hisobga olindi. Burchak zarbasidan keyin "Leganes" himoyachisining oyog'iga tegib Arturoga borgan to'p oxiri darvozadan joy olgandi.

79. "Barsa" burchak zarbasini golga aylantirdi! Ammo, hakam VARga murojaat qilmoqda! Kutamiz... 

77. Ha aytgancha, hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan jamoa (SHanxay SIPG) asosiy raqibi maydonida mag'lubiyatga uchradi, Mourino esa avtobus o'yinini yo'qotgan ko'rinadi>>>LIVE

73. Do'stlar uxlab qolmadingizmi??? Ochig'i shunday o'yin bo'lmoqdaki, ikkala jamoa ham xuddi vaqtimizni o'g'irlashayotgandek! Odam zerikdi boruuu!

70. O'zgarish. "Barselona" 17 yoshli Fatini maydonga tashladi, de Yong olinmoqda.

66. Yaxshi imkoniyattt! Maydon egalari chap qanotdan tashkil etgan hujumni Ruben Peres bosh bilan zarbasi orqali muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.

63. Firpo to'pni bemaqsad balandga tepib yubordi. Bu uzatmamidi yoki zarba?!. Bir nima deyish ham qiyin. 

61. O'zgarish "Leganes" safida: Oskar o'rnini Eraso to'ldirdi.

57. O'zgarishlar. "Barselona". Buskets o'rniga Rakitich, Grizmann o'rniga Vidal tushirildi.

53. GOL, 1:1. Hisob tenglashdi. Luis Suares jarima zarbadan uzatilgan Messining sovg'asini "labbay" deya qabul qilib oldi va joriy mavsum La Ligadagi gollari sonini 7taga etkazib qo'ydi. Bu erda mezbonlar Messidan zarba kutishgandi, Leo esa ajoyib pasi orqali himoyachilarni shoo'irib qo'ydi. Daraja baribir bilinib turibdi. Valverdeni shu futbolchilar jar yoqasidan qutqarib qolishdan charchashmayapti.

46. Ikkinchi bo'limni "Barselona" boshladi! Gollar urishni qachon boshlarkin-a?!

VALVERDE HAQIDA QISQACHA...

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limda kataloniyaliklarning hujumlari o'xshamadi, Messining paslari chiqmadi. Qarshi hujumlarda maydon egalari bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratishdi. Hisob o'zgarmadi. Hozircha 1:0.

37. Hozircha La Liganing eng so'nggi o'rnidagi jamoa musobaqa peshqadamidan ustun kelmoqda, hisobda! Valverde La Ligada ham, ECHLda ham jamoasi bilan yaxshi ketmoqda. SHunday tuyulyapti hammaga. Lekin, o'yin borasida "Barsa" juda va juda qiynalayotganini ko'rib turibmiz. Har turda, har o'yinda. Muxlislar ham yurak xovuchlab o'tirishga majbur bo'lishmoqda.

32. Ogohlantirish. Buskets jazolandi. Hakam birinchi bo'lib qizil kartochkani cho'ntagidan olganida, Serxioning yuragi qinidan chiqib ketiii dedi-kuuuu o'ziyam!

31. Suaresssss! Yaxshi imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Aniqrog'i, Luisning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon Kuelyar qaytardi.

20. Mesa Messiga qarshi o'yinda qo'pol o'ynadi va hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi!

16. Pike va Buskets nimalar qilishyapti?! Ularning xatosini Oskar kechirdi, to'p darvozaning yon tarafidan joy oldi. Tan olaylik, Pike ham Buskets ham qariyapti. Avvallari (5 yil oldin) ular raqib hujumini "eb qo'yishardi". Ayni paytda ko'plab xatolar, "qovun tushirishlar" Jerar hamda Serxioda ham bo'lib turibdi.

12. GOL, 1:0! Mezbonlar safida En-Nesiri darvozani aniq nishonga oldi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

5. Etibor bering! Bugungi uchrashuvda Kataloniya klubi 4 nafar hujumchi bilan o'ynamoqda. Messi orqaroqda, Grizmann o'ng qanotda, Dembele chapda va Suares hujum markazida!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

ASSALOMU ALAYKUM QADRLI FUTBOL ISHQIBOZLARI! BUGUNGI EVROFUTBOL OQSHOMINI LEGANES – BARSELONA UCHRASHUVI OCHIB BERADI. ZAVQLANING, ORZU QILING, BIZNI KUZATING!

USHBU JUFTLIK BUGUN NECHTA GOL URISHADI? BUNGA JAVOBNI YAQIN 2 SOAT ICHIDA BILIB OLAMIZ!
MUALLIF: NODIR ABDURASULOV

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика