La Liga. Benzema Messi va Alvesning natijasini takrorladi
06 mar 2022 08:55
Yangiliklar


La Liga. Benzema Messi va Alvesning natijasini takrorladi
Ispaniya chempionati 27-turida “Real” o'z maydonida “Real Sosedad” (4:1) ustidan chiroyli g'alabaga erishdi.
Karim Benzema o'yinda penaltidan gol urish bilan birga Luka Modrichning kiritgan to'piga hammuallif bo'ldi. SHu tariqa, francuzning musobaqadagi assistlari soni 100 taga etdi va u bunday natijaga erishgan 3-futbolchiga aylandi.
Bu borada yaqqol etakchi Lionel Messi (192 ta pas) bo'lsa, undan keyingi o'rinda Dani Alves (103) bormoqda.
Avvalroq, Benzema 6 mavsum davomida 20+ gol urgan “Real”ning 4-futbolchisiga aylangani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar