Benzema 6 mavsum davomida 20+ gol urgan “Real”ning to'rtinchi futbolchisiga aylandi

Eldor Akmurzayev
6 mar 2022, 08:25
Ispaniya chempionati 27-turda “Real” 4:1 hisobida “Real Sosedad”ni taslim etdi.

Madridliklar forvardi Karim Benzema penaltini aniq amalga oshirib, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Fransiyalik hujumchi 6 mavsum davomida 20+ gol urgan “qaymoqranglilar”ning to'rtinchi futbolchisiga aylandi. Avvalroq bunday natijaga Alfredo Di Stefano, Ferenc Pushkash va Krishtianu Ronaldu erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru