So’nggi yangiliklar

22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  0 21:51Анвар Бердиев: “Биринчи бўлимда қийинчиликларга дуч келдик”  0 21:14Мбаппе тўланмаган маош масаласида ПСЖ билан судгача келишиб олишни истамади   2 20:45Хосе Венансио Лопес жароҳатлар ҳақида: "Бу шунчаки омадсизлик"  2 20:29Терма жамоа собиқ футзалчиси Абдулла Солиҳов: "Етакчи футзалчиларнинг йўқлиги жамоа ўйинига ўз таъсирини кўрсатмай қолмайди"  0 19:59"Ҳар сафар Салаҳ билан тўқнашиб кетганингизда деворга урилгандек бўласиз"  0 19:26Про лига. "Дўстлик"дан ишончли, "Шўртан"дан йирик ғалаба  3 19:04Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Франция ва Венгрия билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  1 18:28Мбаппе "Реал"га эмас, 2022 йил "Ливерпул"га ўтишига бир бахя қолган  2 17:40Винисиус: "Умидни оқламаганимни биламан"  6 16:35Роналду: "Манчестер Юнайтед" мураббийи бундай демаслиги керак"  12 15:52ЖЧ-2026 саралаши. Осиёда фақат Ўзбекистон, Эрон ва Япония йўқотишларсиз кетмоқда, гуруҳлардаги ҳолат  23 15:125 та гол ва иродали ғалаба. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон баҳсидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  3 14:45Сречко Катанец: "Биз тўлиқ маҳоратимизни намойиш этмай туриб, уч очкони қўлга киритдик. Рақиб дарвозабони ўз жамоасини учта голдан сақлаб қолди"  19 14:20Футзал. Аргентина ҳам Тошкентга етиб келди  3

LaLiga. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Trinkau va Messi "Barselona"ga g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

LaLiga. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Trinkau va Messi "Barselona"ga g'alabani taqdim etdi

"Barselona" futbolchilari Ispaniya chempionatining 22-turida "Real Betis" mehmoni bo'ldi.

Real Betis

Borja Iglesias - 38', Victor Ruiz - 75'

LaLiga . 22-tur

08/02/2021, 00:00

3
:
2
Tugadi

Barcelona

Lionel Messi - 59', Victor Ruiz - 68', Trincao - 87'

Stadion: Estadio Benito Villamarin, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
38'  Borja Iglesias
38'  Emerson Royal
65'  Aitor Ruibal (Rodri)
75'  Victor Ruiz
75'  Nabil Fekir
75'  Juanmi (Cristian Tello)
75'  Paul Akouokou (Guido Rodriguez)
77'  Victor Ruiz
82'  Borja Iglesias (Loren Moron)
83'  Nabil Fekir (Sergio Canales)
12'  Ronald Araujo (Frenkie de Jong)
46'  Martin Braithwaite (Pedri)
47'  Frenkie de Jong
57'  Ricard Puig (Lionel Messi)
57'  Miralem Pjanic (Trincao)
59'  Lionel Messi
59'  Ousmane Dembele
64'  Ousmane Dembele
68'  Victor Ruiz
74'  Sergio Busquets
77'  Sergio Busquets (Samuel Umtiti)
87'  Trincao


"Betis" – "Barselona" 2:3

"Benito Vilyamarin"

Gollar: 1:0 – 38 Iglesias, 1:1 – 59 Messi, 1:2 – 68, avtogol Ruis, 2:2 – 75 Ruis, 2:3 – 87 Trinkau.

"Betis" – Robles, Emerson, Moreno, Mandi, Ruis, Fekir (Kanales, 83), Akuoku (Rodriges, 75), Ruibal (Rodri, 65), Guardado, Xuanmi (Telo, 75), Iglesias (Moron, 82).

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo (de Yong, 11), Langle, Mingesa, Alba, Puch (Messi, 57), Buskets (Umtiti, 78), Pyanich (Trinkau, 57), Dembele, Grizmann, Breytueyt (Pedri, 46).

Ogohlantirishlar: de Yong (47), Dembele (64), Buskets (74), Ruis (77).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. Mingesa Morron bilan to'p uchun kurashda qanotdagi videooperatorga urilib ketdi. O'yin to'xtatildi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Bu Trinkauning "Barselona" safidagi dastlabki goli bo'ldi.

87. GOOOOL! SUPER GOL! Avvaliga Messi to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi, to'p qaytarildi va Viktor Ruis uni egallab, biroz qotib qoldi. Trinkau esa bundan foydalanib qoldi va to'pni egallab, chap oyog'ining ichki qismi bilan to'pni darvoza to'sini ostiga yo'lladi.

83. "Betis"ning yana bir hujumi xavfli zarba bilan yakun topdi, biroq bu safar Ter SHtegen jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

79. To'p "jonli devor"dagi futbolchiga tegib maydonni tark etdi.

77. Hozirgina "Barselona" darvozasini ishg'ol qilgan Viktor endi o'z jarima maydonchasi oldida Messini yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi.  Xo'sh, hakamdan so'ng Leo "Betis"ni jazolay oladimi?

75. GOOOOOOL! Avtogol muallifi bo'lgan Viktor Ruis endi "Barselona" darvozasini ishg'ol qildi. QOYIL! Fekirning uzatmasi Ruisning bosh bilan bergan zarbasi orqali muvaffaqiyatli yakun topdi.

74. Buskets Fekirni "Barselona" jarima maydonchasi chizig'i ustida yiqitdi. Hakam uni sariq kartochka bilan jazoladi. Mezbonlarda gol urish uchun qulay vaziyat yuzaga keldi.

68. GOOOOOOL! Messi ajoyib uzatma bilan Albani jarima maydonchasiga chorladi, Xordi esa to'pni markazdagi Grizmannga uzatdi. Antuan to'pga zarba berdi, ammo u orqaga ketdi va orqaroqdagi "Betis" futbolchisiga tegib, darvozaga kirib ketdi. Buni Messi effekti deydilar! GOLni TELEGRAM kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

66. DEMBELEEEEE! Usmon Grizmanndan to'pni qabul qilib oldi va darvoza tomon otlandi. Posbon to'pga chiqib keldi va franciyalik to'pni uning ustidan tashlab qo'yishga urindi, biroq, darvozabon jamoasini goldan qutqarib qoldi.

64. Alba yana jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi va hujum yo'qqa chiqdi.

59. GOOOOOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Lionel Messi tezda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Leo to'pni Dembeledan qabul qilishi bilan o'ng qanotdan markazroqqa yurdi va yaqin burchakka zarba berdi. "Betis" posboni to'pga ulgurmadi va hisob tenglashdi.

58. Dembele o'ng qanotdan markazroqqa surilib, darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo zarba noaniq bo'ldi.

57. "Barselona"da o'zgarish: Puch va Pyanich maydonni tark etishdi, ularning o'rniga Trinkau va Messi o'yinga qo'shilishdi.

56. ZARBAAA! Xuanmi Fekir bilan devor uslubida o'ynadi va franciyalikdan qaytarib olgan to'pini darvozaga yo'lladi, Ter SHtegen bir amallab to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Breytueyt o'rniga Pedri maydonga tushdi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. Pyanicha zarba bilan yakunlagan hujum boshlanishida ofsayd bo'lgan ekan. To'p Grizmannga uzatilayotganda Antuan so'nggi himoyachidan o'tib ketgani ko'rindi.

38. GOOOOOL! "Betis" hisobni ochmoqda! Fekir boshlangan qarshi hujumdan so'ng to'pni qabul qildi va tezda o'ng qanotdagi Emersonga uzatdi, u esa bir tezlik olib, to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Borxa Iglesias to'pni darvozaga burishda qiyinchilikka duch kelmadi va o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Golli pas sohibi bo'lgan Emerson "Barselona"dan ijaraga olinganini bilasizmi? 

36. Buskets markazda to'pni qabul qildi va boshini ko'tarishi bilan yugurayotgan Albani ko'rdi. Uning uzatmasi biroz kuchlilik qildi, buning ustiga o'yindan tashqari holat qayd etildi.

35. Riki Puch ochilib borayotgan Pyanichni payqadi, ammo yigitcha jamoadoshining tezligini hisobga olmadi va to'pni raqib egallab oldi.

29. ZARBAAAA! Xordi Albaning jarima maydonchasi ichiga "yuklagan" pasidan so'ng Langle bosh bilan darvozani nishonga olishga urindi, biroq Kleman vaziyatni ko'kka sovurdi. Noaniq zarba.

28. Breytueyt raqib jarima maydonchasiga bo'lgan uzun pasdan so'ng to'pni to'xtatdi, ammo uni o'ziga to'g'irlaguncha raqib to'pni tepib yubordi.

25. ZARBAAA... Mezbonlarning xavfli hujumi Xuanmining bosh bilan bergan zarbasi orqali yakun topdi. Biroq yakun muvaffaqiyatsiz bo'ldi, chunki zarbadan so'ng to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

21. Mingesaning o'ng qanotdan uzatgan to'pini "Betis" himoyachilari bir amallab qaytarishdi.

14. Dembele bir necha raqibini aldadi va to'pni chap qanotda ochilayotgan Albaga uzatdi, biroq hisob-kitob xato bo'lgani tufayli Xordi to'pga ulgurmadi.

11. O'zgarish: Jarohat olgan Arauxo o'rniga De Yong maydonga tushdi.

10. Arauxo maydonga qaytmaydi, Frenki esa maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ungacha esa "Barselona" 10 kishi bo'lib o'ynab turadi.

8. Arauxo to'p uzatayotganda jarohat olgan ko'rinadi, futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. De Yong esa mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

6. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Betis" tomonda, bahs nazorati ham ularning qo'lida.

3. "Betis" futbolchisidan xavfli uzatma, ammo jarima maydonchasi ichidagi hujumchi to'pga eta olmasdi. Xavf bartaraf etildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Betis – Barselona

8 fevral, 01.00, «Benito Vilyamarin»

Betis – Robles, Emerson, Moreno, Mandi, Ruis, Fekir, Akuoku, Ruibal, Guardado, Xuanmi, Iglesias.

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Langle, Mingesa, Alba, Puch, Buskets, Pyanich, Dembele, Grizmann, Breytueyt.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика