La Liga. "Barselona" bu safar "Kadis" bilan durang o'ynadi. De Yong ikkinchi bo'limda maydondan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 03:07
La Liga 6-tur o'yinlari o'tkazildi.

Ushbu turda "Barselona" "Kadis" mehmoni bo'ldi va bir ochko bilan orqaga qaytadigan bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ikkita sariq kartochka ishlab olgan Frenki De Yong maydonni erta tark etdi va "Barselona" 10 kishi bo'lib o'yinni yakunladi.

"Kadis" – "Barselona" 0:0

24 sentyabr, 01.00, Ramon de Karransa

"Kadis" – Ledesma, Karselen (Akapo, 79), Aroyan, Viktor Chust, Espino, Arsamendiya (Perea, 57), Ximenes (Salvi Sanches, 46), Fali Ximenes (Yonsson, 40), Alarkon, Negredo (Losano, 57), Sobrino.

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa, Pike, Arauxo, Dest (Puch, 80), Buskets, de Yong, Gavi (Niko Gonsales, 73), de Yong (Koutino, 68), Depay, Demir (Serdji Roberto, 46).

Ogohlantirishlar: de Yong (61), Serdji Roberto (65), Aroyan (68), Akapo (88), Alarkon (90), Buskets (90).

Chetlatish: de Yong (65).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia