KXDR - Janubiy Koreya uchrashuviga muxlislar kelmadi
15 okt 2019 14:44
Yangiliklar


KXDR - Janubiy Koreya uchrashuviga muxlislar kelmadi
JCH-2022 saralashi doirasidagi KXDR - Janubiy Koreya uchrashuvi muxlislarsiz o'tmoqda. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
"Uchrashuv boshlanishiga 30 daqiqa qolganida stadion bo'm-bo'sh edi. Mehmon jamoa jurnalistlari ham yo'q. O'yin boshlandi, ammo muxlislar yo'q", - deb yoziladi xabarda.
Malumot uchun, 1990 yildan buyon birinchi marta Janubiy Koreya SHimoliy Koreyada o'ynamoqda. Mezbonlar mehmon davlatga televizion translyaciya qilish huquqini berishmadi. SHu bois 1984 yildan beri ilk bor Janubiy Koreyaning safardagi o'yini TV orqali namoyish etilmayapti.
Bu o'yinni FIFA prezidenti Janni Infantino "Kim II Sung stedium"dan kuzatib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar