So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

Kunlari "Faxriy yorliq"qa qolgan soha vakillari Yangiliklar

Kunlari "Faxriy yorliq"qa qolgan soha vakillari

Teglar :  Faxriy yorliq
Ijodkorlikni taminlashdan tashqari,iqtisodiy imkoniyat biz uchun yaratib kelgan "Futbol Ekspress" nashrining yopilganiga to'qqiz oy bo'ldi.

Yashirib nima qilamiz,shundan buyon tirikchilikning barakasi o'chgan. Harqalay,qora qozon qaynab kelayotgandi,barqarorlik sezilardi. SHunday vaziyatga tushib qolgan boshqa hamkasblarimizning kunlari qanday o'tayotganligini o'ylab, yuragimiz ortga tortib ketadi,xavotirlanamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda yuritib kelayotgan gruppa va kanallarimizga etibor qaratmang. Hali birortasidan daromad olganimiz yo'q. Hattoki, Yutub kanali orqali ham. Ko'rsatuvlarni birgalikda tayyorlayotgan sheriklarimizdan shu sababli ham doim minnatdormiz. Manfaatsiz ishlab,ertangi kunga ishonishda davom etayotganlari,yolg'izlatib qo'ymayotganlaridan.

Ijodkor bo'lib, o'z yo'nalishingizda adashmay ketsangiz,kosangiz oqarishi qiyinligini hayotning o'zi allaqachon isbotlab qo'ygan. Barcha zamonlardagi davom etayotgan oddiy haqiqatga aylangan. Eng past qatlam hisoblanamiz (iqtisodiy taraflar inobatga olinmoqda). O'zimizning hayotimizdan qiyos. Orzularingiz ham o'rtamiyonadan pastroq darajada, kattasini o'ylashning foydasi yo'qligini tushunasiz: tatil mahallarida xorijga chiqib dam olib kelish, yangi rusumdagi avtomobilni xarid qilish,chiroyli kiyimlarga ega chiqish emas. Har oyning malum sanasida to'lanadigan maoshingiz muddati tezroq etib kelishi eng muhim kunga aylanadi. Uydagilar ham bir kun bo'lsada yayrab olashadi,dadalari hotamtoy ekanligini sezishadi. Mablag' ham qo'lingizga tegadi-yu,qanot qoqib egalari tomon uchib ketadi. Sababi,hali olguningizcha qorinni tikib qo'yishning imkoni yo'q ekan. Ijodkor insonlarning oilalarida tili uzun bo'la olmasligi,mavqei pasayishini ilgari tushunmasdik. Yosh, vaqt o'tgan sari savollarga mantiqiy javobi chiqmoqda.

Bevosita futbolga qaytadigan bo'lsak, klublarda eng quyi pog'ona sifatida matbuot kotiblariga qaralishi hech birimiz uchun sir emas. Millionlar o'yini haqida boshqalardan ko'proq qayg'urib, mehnat qilsangizda, eng kam haq sizga to'lanishi ananaga aylangan. Bazi jamoalarda shu ham minnat qilib beriladi. Jamoalarning boshqa vakillariga katta miqdorda maosh va mukofot pullari to'lanadi. Aksariyati yil boshida ko'tarma pullariga ham ega chiqishadi. Bunday raqamlarni biz singarilar faqat eshitganmiz xolos, ko'rmaganmiz. Rag'batlantirilishda ham tabaqalanadi: klubdagilarga avtomobil, kvartira, boshqa qimmatbaho maishiy buyumlar taqdim etilsa, hamkasblarimizning uylari "Faxriy yorliq"qa to'lib ketganligi rost. Rosa himmat qilishsa "Tefal" choynagiga ega chiqishingiz mumkin. Ana boring, mikroto'lqinli pech olarsiz.


OKMK O'zbekiston Kubogi sohibiga aylanganida, jamoa azolarini taqdirlashda tarixiy voqea ro'y bergan va voqelik yagonaligicha qolmoqda. Jamoa matbuot hizmati vakili Baxtiyor SHirinov "Spark" mashinasiga ega chiqqanida, xuddi o'zimiz olgandek quvonganmiz. Bunday rag'batlar uzoq yillarda bir qaytarilsa kerak.

Kecha Farg'ona viloyati hokimi Kubogi uchun o'tkazilgan turnir o'z nihoyasiga etdi. Barcha maqtab, nufuzli deb atagan musobaqaning g'olib va sovrindorlariga qimmatbaho sovg'alar, pul mukofotlari topshirildi. Hamkasblarimizni taqdirlashni unutmaganlariga rahmat aytmoqchimiz. Marosim yakuniga etib, ishtirokchilar va stadionga yig'ilgan muxlislar tarqalib bo'lganlaridan so'ng 3-4 nafar matbuot vakillari chaqirilib, "qimmatbaho" "Faxriy yorliq"larini qo'lga kiritishdi. Uyning to'rsidan o'rin egallaydigan, hech kimga qizig'i yo'q, Sovetlar davridan qolgan yomon anana, odam aldashning kichik usulidagi sovg'ani oilangizga olib borsangiz, birov etibor ham bermaydi. Uyingizga tashrif buyurgan mehmonlarga ko'z-ko'z qilib, bazida xumordan chiqib turishingizni turnir tashkilotchilari o'ylashgan shekilli. G'amxo'rlik shunchalik bo'ladi-da!

Yana shaxsiy hayotimizga qaytadigan bo'lsak, maosh to'lanmaydigan mehnatlarimizni bajarishda davom etyapmiz. Kunlar kelib,kimlardir mehnatlarimizni qadrlab,"Faxriy yorliq" berganida, bir pog'ona balandlaganimizni his etamiz. Ungacha hayot o'z yo'lida davom etadi. Uning bazida shafqatsiz bo'ladigan qonunlariga bo'ysunishga majburmiz. Barisini sabr orqli engib kelayotgan,oilalarida tobora ikkinchi shaxsga aylanib qoladigan hamkasblarimizga matonat va iroda tilashdan boshqa choramiz yo'q.

Bizning ko'chamizdan ham vaqtlar kelib inkassatorlar mashinasi o'tib qolar. Sirenasini eshitib,hayotning naqadar totli ekanligini his qilarmiz. Mashinaning ichida qancha pul borligi esa,boshqa mavzu. Bizga tegishli masala emas...



Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика