So’nggi yangiliklar

16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  8 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  8 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  11 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8

"Bizni hali safdan chiqarmang" Yangiliklar

"Bizni hali safdan chiqarmang"

Navbatdagi Osiyo Kubogi startiga atigi ikki kun qoldi.

Yana ikki kundan so'ng BAA yashil maydonlarida har to'rt yillikning eng muhim musobaqasi start oladi. Ushbu musobaqada bir qator umidli yoshlar bilan bir qatorda yoshi katta tajribali futbolchilar ham ishtirok etadi.

"Bizni hali safdan chiqarmang" demoqda yoshi katta futbolchilar. Bunday o'yinchilar deyarli har bir jamoada bor. Quyida shular haqida to'xtalib o'tamiz.

Jeng Ji (Xitoy) 

Xitoy terma jamoasida Jeng Ji degan futbolchi borligini bir necha yildan beri bilamiz. U 2004 yil o'z yurtida bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida ham ishtirok etgandi. O'shanda Jeng Ji uchta gol urib, Xitoy terma jamoasining yakunda ikkinchi o'rinni egallashishga munosib hissa qo'shgan. Keyinchalik bu futbolchi 2007 va 2015 yilgi Osiyo Kuboklarida ham ishtirok etdi. 38 yoshli futbolchi hamon yaxshi formada. U "Guangju Evergrand" tarkibida OCHLda g'olib chiqqan. 

Masud SHojayi (Eron)

Karlush Keyrush eng ko'p suyanadigan futbolchilardan biri. Ehtimol SHojayi kam o'ynashi mumkin, biroq uning terma jamoada tutgan o'rni katta. CHunki u bosh murabbiyning futbolchilar bilan muloqotda eng asosiy yordamchisi hisoblanadi. Navbatdagi Osiyo Kubogi eronlik yarim himoyachi uchun to'rtinchisi bo'ladi. U shuningdek, ikki bor jahon chempionatida ishtirok etgan. SHojayi 2008-2014 yillar oralig'ida Ispaniyada faoliyat olib bordi va keyinchalik Greciya klubida o'ynadi. 

Omar Xavsavi (Saudiya Arabistoni)

Saudiya Arabistoni musobaqada asosan yosh tarkib bilan ishtirok etadi. Lekin jamoa safida tajribali futbolchi ham bor. Bu - Omar Xavsavi. Xavsavi terma libosida 50tadan ko'p o'yin o'tkazgan. "Al Nasr" himoyachisi Saudiya Arabistonining 23talik ro'yxatiga kiritilgan 30 yoshdan oshgan yagona futbolchi hisoblanadi. 

Mark Milligan (Avstraliya) 

Ushbu futbolchi 2007 yildan beri muntazam terma jamoada o'ynab kelyapti. Milligan to'rt yil oldingi Osiyo Kubogida o'z terma jamoasi bilan oltin medallarni qo'lga kiritgandi. U Janubiy Koreyaga qarshi kechgan final bahsida 120 daqiqa harakat qilgan. Faoliyatini SHotlandiyaning "Xaybernian" klubida davom ettirayotgan 33 yoshli Milligan uchta jahon chempionatida ishtirok etgan. Tim Keyxill va Mayl Edinak terma jamoa bilan xayrlashganidan so'ng aynan shu futbolchi faxriyga aylandi. 

Ismoil Matar (BAA) 

Matarga qoyil, haliyam terma jamoada o'ynayapti. To'g'risi, futbolga oid maqolalar yozishni boshlaganimdan beri shu futbolchini bilaman. Hamma "qarisa" ham Matar hech "qarimas" ekan. U hamon yosh va navqiron, axir endigina 35ga kirdi. Ismoil Matar BAA terma jamoasida 100tadan ko'p o'yin o'tkazgan. U 2004, 2007, 2011 yilgi Osiyo Kuboklarida ishtirok etgan, biroq ayrim sabablarga ko'ra to'rt yil oldingi qita birinchiliga bora olmagandi. 

Amir SHafi (Iordaniya)

Iordaniyaning eng mashhur darvozaboni Amir SHafi terma jamoada o'z debyutini 2002 yil nishonlagandi. SHundan beri uchta Osiyo Kubogida qatnashib, 2004 va 2011 yilgi musobaqada chorak finalgacha etib bordi. Amir SHafi 16 yildan ziyod vaqt mobaynida 1-raqamli libosni hech kimga bermay kelmoqda. Darvoqe u o'tgan yil uzoqdan zarba berib Hindiston darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

Ahmad Mubarak (Ummon) 

Malumki, biz guruhdagi ilk uchrashuvni Ummon terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Bu jamoa safida ham faxriy futbolchi bor. Ahmad Muborak Ummon tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi. U uchta Osiyo Kubogida (2004, 2007, 2015) qatnashgan. Ummonliklar o'tgan yil Ko'rfaz Kubogida g'olib chiqqan mahal Ahmad Mubarak terma jamoada asosiy rollardan birini ijro etgandi. 

Ignatiy Nesterov (O'zbekiston) 

Xorijliklarni shuncha yozdik. Keling, endi o'zimiznikilarni ham bir maqtaylik. Bizda ham faxriy futbolchi bor va bu Ignatiy Nesterov. Tajribali darvozabon uchun navbatdagi Osiyo Kubogi beshinchisi bo'ladi. Darvoqe Osiyo Kubogi tarixida hali hech qaysi futbolchi beshta qita birinchiligida ishtirok etmagan. Demak, bu borada Nesterov dastlabki futbolchiga aylandi. SHu yil 36 yoshni qarshi oladigan Nesterov hali-beri qo'lqoplarini mixga ilishni o'ylayotgani yo'q.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика