So’nggi yangiliklar

15:30Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  0 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  0 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  8 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  4 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  4 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  1 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  10 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  5 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  9 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  16

Germaniya. "Bavariya" safarda ham "Borussiya"ni mag'lub etdi, oradagi farq 7 ochkoga etdi Yangiliklar

Germaniya. "Bavariya" safarda ham "Borussiya"ni mag'lub etdi, oradagi farq 7 ochkoga etdi

Germaniya chempionati 28-turidan o'rin olgan markaziy - "Borussiya" D - "Bavariya" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Borussiya D – Bavariya 0:1

«Signal Iduna Park»

Gol: Kimmix (43).

Borussiya D – Byurki, Akanji, Pishchek (Getce, 80), Xummels, Xakimi, Daud (Vitcel, 85), Gerreyru, Azar, Dileyni (Jan, 46), Brandt (Sancho, 46), Xoland (Reyna, 72).

Bavariya – Noyer, Pavar, Boateng (Lyuka Ernandes, 85), Alaba, Kimmix, Goretcka, Devis, Koman (Perishich, 73), Gnabri (Martines, 87), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirish: Xummels (13), Myuller (66), Daud (67), Devis (74).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Bavariya" va "Borussiya" o'rtasidagi farq endi 7 ochkoga etmoqda! Tomonlarga birinchi bo'lim uchun minnatdorlik bildiramiz, ikkinchi bo'limdagi "Borussiya"ning o'yini esa odamni biroz xafa qildi.

90+2. "Bavariya" futbolchilari to'pni egallab olib, vaqtni cho'zishmoqda. Umuman olganda haqli g'alaba qo'lga kiritilmoqda.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Ikkinchi bo'limdagi o'yini bilan "Borussiya" hali ham "Bavariya"ni mag'lub etadigan darajada emasligi sezilib qolmoqda.

89. Myullerning zarbasi raqibiga tekkan holda darvozabon qo'liga borib tushdi.

87. Flik Martinesni o'yinga qo'shdi. Demak, "Bavariya" himoyaga etiborni kuchaytirdi.

85. Bir kinoda shunday derdi: "Sokinlikni yomon ko'raman". O'yin sokinlashdi. Albatta, muxlislar bilan o'yin bunaqa bo'lib qolmasdi)

83. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!!!! Bu safar xavfliroq!!! Levandovski darvozaning to'g'risidan, 20 metrlardan chap oyog'ida ayyorona zarba yo'lladi. To'pni darvoza to'sini qaytardi!

81. ZARBAAAAAAAAAA!!! Noyerdan super seyv! U Daudning kuchli zarbasini qaytardi!

80. Dortmundda so'nggi mavsumini o'tkazayotgan Mario Gyotce o'yinga qo'shildi.

Rasman: “Borussiya D” Gyotcening ketishini elon qildi

77. UXXXX!!! Janning pasidan keyin Reyna 5 metrdan darvozani ishg'ol qila olmadi. 

75. Gerreyruning zarbasini Noyer osonlik bilan ushlab oldi.

74. Reyna yiqitildi, Devis sariq oldi. "Borussiya"da standart vaziyat!

72. UXXXXX!!! Sanchodan xavfli to'p uzatish! Noyer ham to'pni ushlab olishga sakragandek ko'rindi va to'pni o'tkazib yubordi. Tabiiyki Xoland to'pga eta olmadi. Uning ortidan almashtirib yuborildi.

70. O'yin sokin kechmoqda. Negadir "Borussiya" ikkinchi bo'limda yorqin o'ynamayapti.

66. Raqibiga qarshi fol ishlatgani uchun Myuller sariq oldi.

65. Saytimiz xodimlari taxminlari ichida 0:1 hisobi yo'q ekan. Deyarli barcha gollarga boy o'yin tarafdori...

62. "Borussiya"da korner. Kombinacion hujumni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

58. EXXXXX!!!  Xoland zo'r vaziyatni yo'qqa chiqardi. Darvozabon hududida to'pni qabul qilib olgan Erling to'pni chap oyog'iga to'g'riladi, shu paytda Boateng yiqilib tushdi. Hujumchining zarbasi erda yotgan futbolchiga tegib, maydonni tark etdi. Agarda Xoland to'pni o'ng oyog'iga to'g'rilaganida gol bo'lishi mumkin edi.

54. ZARBAAAAAAAAAA!!! Gnabrining zarbasini Byurki qaytardi!

52. Sancho o'yinga kirishib keta olmayapti. U 7 daqiqa ichida bir necha bora noaniq pas berdi. Uning noaniq harakatidan keyin Levandovski zarba yo'llagandi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.  

49. Daudning zarbasini Noyer ushlab oldi.

48. Gerreyru o'z qanotida Alabani o'tkazib yubordi. Davidning uzatgan to'pi noaniq ketdi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Favr baribir g'alabani o'ylamoqda. U o'yinga unchalik tayyor bo'lmagan Sanchoni tushirdi. SHuningdek, Jan ham maydonda.

Taym yakunlandi! Super taym ko'rdik, yana shunaqasidan bo'lsa yo'q demasdik!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!!! Kimmixdan SUPERGOL! U to'pni shunchaki darvozabonning ustidan tashlab qo'ydi!!! Ajoyib ijro! 0:1!

42. Muxlislar bo'lmasa hatto to'pni to'xtatganda ham ovoz chiqar ekan(

40. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Gorecka o'ng oyog'ining tashqi tomoni bilan aylantirma yo'nalishdagi zarba berdi. Roman Byurki to'pni qiyinchilik bilan qaytardi. 

38. Xummelsning tajribasiga doimo tasanno aytamiz. U raqibi Devisni shunday yiqitdiki, hech qanaqa fol bo'lmadi. 

35. Brandtning noaniq to'p uzatishi "Borussiya"ning hujumini yakunlab qo'ydi.

33. Xavfli vaziyat!! Xoland bir raqibini aldab o'tdi va jarima maydonchasi ichigacha kirib bordi. Ammo biroz muvozanatni yo'qotgani sababli himoyachilar to'pni egallab olishdi.

31. "Borussiya"dan yana bir chiroyli hujum. Azar raqib maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni Xolandga oshirdi. To'p Boatengga tekkan holad vaziyat bartaraf qilindi.

30. Stadion tribunalarida muxlislar shunday o'tirishibdi.

28. Dortmund bu safar uzoq vaqt davomida turli xil variantlar bilan hujum qildi. To'p erdan ham havodan ham darvoza yaqini tomon uzatildi. Ammo to'pni himoyachilar qaytarib yuborishmoqda.

26. Xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. Biroq Brandt hamda Daud hujumni sekinlashtirib yubordi va yakunda to'p oldirildi.

24. ZARBAAAAAAAAA!!!! Komanning bu safargi zarbasini endi Byurki qaytardi!

21. Ayni damda Dortmundning laterallari juda ham faol. Umuman olganda karantin davomida biz Sizlarga ko'plab foydali maqolalar taqdim qilgandik. 

"Borussiya" laterallari – ⚡️⚡️. Xakimi va Gerreyru "Dortmund"ning 6 golidan 4tasiga mualliflik qilishdi 

19. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!!!! Gnabrining zarbasini Pishchek qaytardi! Hisob ochilardi bo'lmasa!

17. Endi shaxmatga xos o'yin boshlandi. Grossmeyster murabbiylarning taktikasi shunday paytlarda seziladi. Dortmund biroz ortga chekindi.

15. Saytimiz hodimlari bilan ushbu o'yinning natijasini topishga harakat qilganimizda SHaxboz Beg'amov o'yinning yuqori tempda o'tishini va bundan muxlislar yutishini aytgandi. Rostdan ham haqiqiy manaviy hordiq olyapmiz.

"Championat.asia" azolari hamda sayt o'quvchilarining bugungi super to'qnashuv – "Der Klassiker"ga taxminlari 

13. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochka Xummelsga. Biz gol kutyapmiz...

12. Start daxshat! Temp yuqori! Bosim super! Gnabrining havolatib uzatgan to'pini Myuller darvozaga yo'llay olmadi.

10. GOL! Bilib turganingizdek hisoblanmadi. Brandtning super pasidan keyin Azar o'ng qanotdan darvoza yonigacha keldi va to'pni Xolandga oshirdi. Erlingning zarbasi Boatengning blokidan o'tmadi va to'p Hakimiga borib tushdi. Uning zarbasi o'xshamadi va Azarga kelib tushdi. U offsaydda qolib ketgandi va to'pni Xolandga oshirgandi, Erling esa boshi bilan gol urdi.

7. O'yinni Brandt nazorat qilmoqda deya olamiz. Dortmundliklarning barcha hujumi anan u orqali tashkil qilinmoqda.

5. Tomonlar bizga faol startni taqdim qilishmoqda. Myullerning pasidan keyin Levandovski to'pni egallab olib, raqib jarima maydonchasi ichigacha kirib bordi. Uning zarbasini Xummels qaytardi.

4. ZARBAAAAAAAAA!!! Brandtning zarbasini Noyer qaytardi!

2. O'YINDA DAXSHATLI START! Mezbonlar hisobni ochishi mumkin edi. Brandtning pasidan keyin Azar Noyer bilan birga bir holatga chiqib borayotgandi. Ammo Manuel o'z joyini tark etdi va to'pni tepib yubordi. Qaytgan to'p esa Xolandga borib tushdi, Erling esa chiroyli zarbasi bilan to'pni Noyerning oyoqlari orasidan o'tkazgandi. Lekin darvozabon o'rnidagi Boateng to'pni qaytarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

--------------

21:29. Eslatib o'tamiz, Bundesligada o'yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanyapti. Bu koronavirus sababli vafot etganlar xotirasi uchun saqlanmoqda.

21:28. SHunday o'yinlarda deyarli barchani niqobda ko'rish g'alati ko'rinar ekan....

21:27. Umuman olganda tarkibda kutilganidek Sancho, Alkantara kabi futbolchilarning ko'rinish bermagani hayratda qolarli ish bo'lmadi.  Biz ularning jarohat olganini aytib o'tgandik. Ammo Xummels bugun maydonda.

21:23. Bugun sizlarga o'yin oldi barcha malumotlarni taqdim qildik, statistikalarni ham, xatto mayda detallargacha to'xtaldik. Endi bor etiborimizni o'yinga qaratamiz.

Bundesliga. Jahon futbolida bahorning eng muhim to'qnashuvi (prevyu) 

21:20. Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Yana bir necha daqiqalardan so'ng Germaniyadagi muhtasham stadionlardan biri - "Signal Iduna Park"da nafaqat Germaniya, balki butun dunyo uchun eng markaziy o'yinlardan biri boshlanadi. Albatta, stadionda muxlislar yo'qligi o'yinning tempiga tasir qiladi, biroq futbolchilar bunga ko'nikib qolishdi deb o'ylaymiz. Bizning muxlislar esa albatta bo'm bo'sh tribunalarni ko'rishga o'rganib bo'lishgan. Umid qilamizki, oldimizda chiroyli o'yin bizni kutib turibdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика