"Borussiya"ga qarshi "Der Klassiker" oldidan "Bavariya"da yo'qotish

Tolibjon Qosimov
25 may 2020, 18:49
Ertaga, 26 may kuni Germaniya chempionatining 28-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Turning markaziy bahsi Dordmunddagi "Signal Iduna Park"da o'tkaziladi. Mezbonlar peshqadam "Bavariya"ni mehmon qilishadi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Xans Flik jamoa yarim himoyachisi Tiago Alkantara ushbu to'qnashuvgacha tiklanib ulgurmasligini ta'kidladi.

"Bugun u mashg'ulot o'tkazmadi. Afsuski, u "Borussiya"ga qarshi uchrashuvda qatnasha olmaydi", - deya Flikning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.


Kecha dordmundliklar safida ham jiddiy yo'qotish borligi haqida xabar bergan edik.

"Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Borussiya"da katta yo'qotish bo'lishi mumkin

Eslatib o'tamiz, "Borussiya D" - "Bavariya" uchrashuvi ertaga, 26 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

Germaniya chempionati turnir jadvali >>>>> BUNDESLIGA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com