Kumanning yangi ish joyi aniq
06 apr 2022 10:34
Yangiliklar


Kumanning yangi ish joyi aniq
Ronald Kuman Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi bilan milliy terma jamoaga qaytish borasida kelishib oldi.
59 yoshli mutxassis 2018 - 2020 yillar oralig'ida jamoani boshqargan, keyin esa "Barselona"ga o'tib ketgandi. Biroq o'tgan yilning oktyabr oyida Kataloniyada Kumanga chiqish eshiklari ko'rsatildi.
Kuman Niderlandiya termasiga Qatardagi (21 noyabr - 18 dekabr) JCH-2022 final bosqichi ortda qolgach, 2023 yilning 1 yanvar kuni qaytadi.
Termaning amaldagi bosh murabbiyi Lui van Galning shartnomasi joriy yil oxirigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar