Kuman Pikening so'zlariga qo'shilmadi
07 fev 2021 08:44
Yangiliklar


Kuman Pikening so'zlariga qo'shilmadi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoasi himoyachisi Jerar Pikening ispan hakamlarining adolatsizligi haqidagi so'zlariga munosabatini bildirib o'tdi.
“Bu Pikening fikrlari. Men faqat ushbu mavsum haqida o'z munosabatimni bildirishim mumkin. Ayrim vaziyatlarda hakamlarning qarori bizning zararimizga ishlagan holatlar ham bo'ldi. Ammo ular bizga qarshi ishlashayapti deb aytmagan bo'lardim. Bu referilarning va VARning qarori. Men har doim ularning bizga bo'lgan munosabati adolatli deb hisoblayman. Ular maydonda qanday qoidabuzarlik sodir etilsa, shunga munosib qaror chiqarishmoqda va qaysidir klubga qarshilik qilishmoqda deb hisobamayman”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar