Kuman: “Barcha qarorlar “Barsa”ga qarshi qabul qilinmoqda”
25 okt 2020 08:00
Yangiliklar
Kuman: “Barcha qarorlar “Barsa”ga qarshi qabul qilinmoqda”
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatida “Real”ga (1:3) qarshi bellashuvdan keyin hakamlikni tanqid qilib chiqdi.
Kamp Nouda o'tgan el klassikoda madridliklar ishonchli g'alabaga erishishdi.
“Men VARga tushunmayapman: barcha qarorlar “Barselona”ga qarshi qabul qilinmoqda. Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin: “Sevilya”ga qarshi bahsda Messining penaltisi, “Xetafe” bilan o'yindagi qizil kartochka va bugungi “Real”ga qarshi o'yin”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Semuel Marsden o'zining Tvitterdagi sahifasida.
Mazkur el klassikodan keyin “Real” 13 ochko bilan La Liga turnir jadvalida birinchi pog'onaga ko'tarilib olgan bo'lsa, “Barselona” 7 ochko bilan 10 pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar