So’nggi yangiliklar

10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  0 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  2 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  10 08:32Маурисио Почеттинонинг АҚШ термасидаги маоши маълум қилинди  0 07:57ЦСКАнинг етакчиларидан бири жамоани тарк этишга яқин  0 07:30Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 00:55Энцо Фернандес иккита қоидабузарлик сабаб автомобил бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинди  5 00:46“Ал Файҳа” расман Отабек Шукуровни таништирди  7 00:24"Реал" ўз дарвозабони билан шартномани узайтиради  0 23:55Ўзбекистон U-15 терма жамоаси янги бош мураббий қўл остида йиғинга киришди  0 23:29Роналду: "МЮ Лига кубогини ютиши мумкин, аммо ЕЧЛ, Европа Лигаси ёки АПЛ – қийин масала"  18 23:03Илҳом Ҳамроев: "Нидерландия жамоасини ўрганиб чиқдик. Мақсадимиз энг яхши натижамизни такрорлаш ва имкон қадар ўша натижани яхшилаш"  0 22:40“Хоразм” мураббийи Александр Ежов: “Таркибдаги йўқотишлар ва ишонч етишмаётгани мағлубиятга сабаб бўлди”  0 22:30Алексей Естафеев: “Қийин ғалабага эришдик”  0 22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  2

Kubokdan so'ng: A Seriya 20-tur prevyusi Yangiliklar

Kubokdan so'ng: A Seriya 20-tur prevyusi

Bugun Italiya A Seriyasining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Inter" - "Benevento"

Kubok doirasida "Milan" bilan bo'lib o'tgan "jang"dan keyin Konte qator futbolchilariga dam bersa kerak. Asosiy tarkibda Ranokkya va Gabbyadinini ko'rishimiz ham mumkin. SHuningdek, asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib qo'yayotgan Aleksis Sanches ham ilk daqiqalardan maydonga tushirilishi mumkin. Kim biladi deysiz, balki g'alaba goli muallifi Eriksenga tashakkur manosida asosiy tarkibdan joy topilar. Yoshlar jamoasida gol urishga erishgan Vesino, hech bo'lmasa, zaxiradan maydonga tushish imkoniyatiga ega. "Benevento" tarkibida ham yo'qotishlar kuzatilmayapti, ammo Leticiya va Skyatarellaning bo'lajak bahsda jamoadoshlariga yordam berishi so'roq ostida qolmoqda. Nima bo'lsa ham jamoa oxirgi vaqtlarda ancha omadsiz o'yin namoyish qilmoqda va Milanga safar oldidan futbolchilarning kayfiyati chog' demagan bo'lardik. 

Mavsum avvalida ushbu jamoalar to'qnashuvida "Inter" 5:2 hisobida "Benevento"ni taslim qilgan. Navbatdagi to'qnashuv oldidan ham aynan milanliklar favoritligi hech kimga sir emas. "Inter" o'yin so'ngiga borib charchab qolishi mumkin, lekin klass evaziga niyatiga etishi zarur. "Benevento"ning imkoniyati deyarli yo'q, sababi jamoa ayniqsa himoyada omadsiz harakat qilmoqda.


"Sampdoriya" - "Yuventus"

"Sampdoriya" umuman olganda hozir ancha yaxshi sport formasiga kirib olgan. Jamoa oxirgi ikki o'yinida g'alaba qozongan va amaldagi chempion bilan kurashishga tayyor. Genuyaliklar tarkibida jarohatlanganlar deyarli yo'q, barcha etakchilar jangga tayyor. Ranerida uchrashuvning borishi rejadagidek bo'lmasa, o'yin davomida jiddiy o'zgarishlar qilish imkoniyati mavjud. Kvalyarella tarkibga qaytarmikan yoki yo'q, bu savol ko'pchilikni qiziqtirayotgani turgan gap. 

"SPAL" ustidan qozonilgan g'alaba Pirlo jamoasiga ruhiy ko'mak bo'lishi turgan gap. Andreaning quvonchiga sabab bo'lib, barcha etakchilar sekin-asta safga qaytmoqda. De Ligt va Aleks Sandro o'yinni asosiy tarkibda boshlashga tayyor. Alvaro Morataning jamoaga yordam bera olishi so'roq ostida qolyapti, agar ispaniyalik o'yinda ishtirok eta olmasa, hujum chizig'iga Federiko Keza suriladi.

Oxirgi o'zaro o'yinda "Yuventus" "Sampdoriya"ni yirik (3-0) hisobda mag'lub etgan. Tabiiyki, "keksa sinora" bukmekerlarning fikricha bu safar ham yaqqol favorit. Turinliklar ancha o'ziga kelib oldi desak adashmaymiz, lekin "Sampdoriya"ni erta hisobdan chiqarish ham yaramaydi. Ushbu klub etakchilarga qarshi munosib qarshilik ko'rsata olishini bir necha bor isbotlab qo'ygan. Barcha faktlarni hisobga olgan holda, bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi deya olamiz. 


"Bolonya" - "Milan"

Sinisha Mixaylovich bir vaqtlar "Milan" ustozi edi, shu sabab u bo'lajak bahsga alohida ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'radi. "Bolonya" tarkibida bazi yo'qotishlar mavjud, murabbiy Gari Medel va Santander xizmatlaridan foydalana olmaydi, lekin "Milan"dagi yo'qotishlar oldida bu hech narsa emas. Birgina Zlatan Ibragimovich milanliklarga yordam bera olmasligini aytish etarli bo'lsa kerak. Bundan tashqari, CHalxanoglu, Ker va Braim Diasning bu o'yinda ishtirok etmasligi deyarli aniq, Benasser esa — so'roq ostida. Hujum chizig'i qanday ko'rinish olishi qiziq. Yo'qotishlar Daniele Maldiniga yo'l ochsa ajabmas. Mario Mandjukich esa zaxiradan tushib, yangi jamoasida debyut qilishi ehtimoli yuqori.

Birinchi davra bahsida "Milan" zafar quchgan — 2:0. "Rossoneri" tarkibdagi muammolarga qaramay, bu safar ham favorit. Ammo aytib o'tganimiz, Kubok o'yinidan keyin jamoaning ruhiy holati qandayligi aniq emas. Tiklanish uchun vaqt deyarli yo'q edi, muammolar esa etarli. 


"Atalanta" - "Lacio"

Maydon egalari qanotlarda muammoga duch kelgan. Gonsens va Xatebur bu o'yinni o'tkazib yuborishlari aniq, Mexlening uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida. SHuningdek, bergamoliklar Kubokda qizil kartochka ishlab olgan Toloidan ham umid qila olmaydilar. Hujum chizig'ida yana rotaciya ishlarini ko'rsak ajab emas. SHu sabab Miranchuk zaxiradan o'yinni boshlaydi, Pessina esa asosiy tarkibga qaytadi. Luis Alberto ko'richak sabab bu bellashuvni aniq o'ztkazib yuboradi. "Lacio" hujumining oldi chizig'ida Murikini ko'rishimiz ehtimoli bor. U CHiro Immobilega sheriklik qiladi. Kuni-kecha jamoaga kelib qo'shilgan Musakko ham darhol o'yinga tashlanishi mumkin, bu narsa Gabaronning o'yinga qanchalik tayorligiga ham bog'liq.

Bir necha kun oldin Kubok doirasida ushbu ikki jamoa to'qnash kelgan va omad "Atalanta"ga kulib boqqandi (3:2). Gasperini jamoasining imkoniyatlari bu o'yinda ham yuqoriroq baholanmoqda. Jamoa o'z o'yinini topib olgan va ishonchli harakat qilmoqda. 


"Roma" - "Verona"

Paulo Fonseka bosh murabbiy ekan Edin Jeko katta ehtimol bilan "Roma" safida maydonga tushmaydi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, bu hol uzoqqa cho'zilmaydi. Nima bo'lganda ham hozircha "bo'rilar"ni aynan Fonseka uchrashuvlarga tayyorlamoqda va murabbiy bo'lajak bahsda Mxitaryan hamda Pellegrinining maydonga tushishidan umidvor. Har ikki futbolchi bugungi "Roma" uchun o'ta muhim sanaladi. Bu safar Manchini odatiy joyi, himoya markaziga qaytsa kerak. 

"Verona" tarkibida esa bir yo'la ikki yangi futbolchi maydonga tushirilishi mumkin. Sturaro ham, Lazanya ham kurashga tayyor. Ammo Ivan Yurich "Napoli"ni enggan tarkibini o'zgartirishni qanchalik xohlar ekan? 

Qiziq jihati, birinchi davrada "Verona" "Roma"ni dodini berib qo'ygan — 3:0. SHunday bo'lsa-da, uchrashuv oldidan mezbonlar favorit hisoblanmoqda. "Verona" esa ushbu mavsum ham ikkinchi raqam bo'lib harakat qilish hamda o'ziga kerakli natijani qo'lga kiritishi mumkinligini isbotlab ulgurdi. SHunday ekan, rimliklarni kutilmagan "syurpriz"lar xafa qilib qo'yishi mumkin.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика