So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  0 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

Kubok finalini dekabrda o'tkazish shartmi? Yangiliklar

Kubok finalini dekabrda o'tkazish shartmi?

Kuni kecha 2017 yilgi O'zbekiston kubogi finalchilari malum bo'ldi.

Yarim finalda "Dinamo" va "Nasaf"ni ortda qoldirgan "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari mamlakat kubogi finaliga yo'l olishdi.

Ko'pchilikda final o'yini qachon va qaysi stadionda bo'lib o'tadi degan savol tug'ilmoqda.

PFL so'nggi yillarda final uchrashuvlarini viloyatlarda o'tkazishni odat tusiga kiritib bormoqda. Hozircha bu yilgi final qaysi stadionda o'tishi malum emas.

PFL began taqvimga ko'ra O'zbekiston kubogi finali 2 dekabr, shanba kuni bo'lib o'tadi. Ha qish faslining dastlabki kunlarida mamlakat kubogi uchun bahs bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan.

SHu o'rinda PFLga ushbu o'yinni noyabr oyida o'tkazishni taklif qilgan bo'lardik. 6-14 noyabr kunlari FIFA kunlari munosabati bilan oliy ligamizda ikki haftalik tanaffus yuzaga keladi. 10-11 noyabr PFL taqvimiga zaxira kunlari sifatida kiritilgan. Bizningcha aynan shu kunlarda O'zbekiston kubogi finali o'tkazilsa bo'laveradi.

"Lokomotiv" va "Bunyodkor" 3 noyabr kuni oliy liganing 27-turidan o'rin olgan o'yinlarini o'tkazishadi. Undan keyingi tur esa 16-17 noyabrga belgilangan. SHunday ekan yuqoridagi taklifimiz (10-11 noyabr) ikkala klubga hech qanday og'irlik qilmasligi aniq. Hech kim tig'iz grafikdan nolimaydi ham.

Biz taklif qilayotgan sanaga hali 1 oydan sal ko'proq vaqt borligini eslatib o'tmoqchimiz.


Narzulla Saydullaev


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика