So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  11 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

"Kuala-Lumpur" ustozi: "Jasur Hasanov va serbiyalik futbolchi Marko Kolakovich menda yaxshi taassurot qoldirdi" Yangiliklar

"Kuala-Lumpur" ustozi: "Jasur Hasanov va serbiyalik futbolchi Marko Kolakovich menda yaxshi taassurot qoldirdi"

5 oktyabr kuni OFK Kubogi hududlararo final bahsida "So'g'diyona" jamoasi Jizzaxda Malayziyaning "Kuala-Lumpur" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Final oldidan muhim bahs bo'lib o'tadi. Ulug'bek Baqoev jamoasini yana bir notanish kuchga ega bo'lgan raqib kutmoqda. Malayziya klubi ham ushbu bahsda g'alabani maqsad qilgan holda tashrif buyuradi. Buni jamoa bosh murabbiyi Boyan Xodak ham tadkidlab o'tdi. Xorvatiyalik mutaxassis saytimiz uchun o'yin avvalida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "So'g'diyona"ga qarshi o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- SHubxasiz, o'yin juda qiyin bo'ladi, chunki O'zbekiston Superligasi Osiyoda kuchli chempionatlardan biri. Deylik, Malayziya futbolidan ustun jihatlari ko'p. Bu jamoani o'z uyida yutish juda qiyin bo'ladi. Lekin bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin.

- Bahs Jizzaxda bo'lishi jamoangizga qandaydir qiyinchilik tug'diryaptimi?

- Albatta, qiyinchilik tomonlari bor. Masalan, Malayziyadan O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri reys yo'q. Yo'lda vaqt yo'qotishimizni inobatga olishingiz kerak. Jamoamiz futbolchilari o'yinga qadar 2-3 kun dam olishlari kerak. Bundan tashqari, ayni vaqtda O'zbekistonda kechki paytda havo harorati biroz salqin. Bu ham futbolchilarga o'z tasirini o'tkazadi. Birinchi marotaba salqin havoda to'p tepadigan futbolchilarimiz bor.

- Bu o'yinda "Kuala-Lumpur"ning asosiy maqsadi qanday?

- Maqsad – finalga chiqish. G'alaba qozonish uchun jamoamiz yaxshi yoki yomon o'ynaydimi, yoki hujum yo himoyada o'ynasa ham, muvaffaqiyat qozonsa bo'ldi. Faqat g'alaba muhim hisoblanadi. Biz oxirigacha kurashamiz.

- "So'g'diyona" safida qaysi futbolchilarni xavfli, deb hisoblaysiz?

- Raqib jamoada faqat yaxshi ijrochilar bor. Eng xavfli futbolchisi deb, hujumchisini aytgan bo'lardim. Lekin jamoa burchak to'plarida, jarima zarbalarida juda kuchli. Jamoa sardori Jasur Hasanov va serbiyalik futbolchi Marko Kolakovich menda yaxshi taassurot qoldirdi.

- Baribir raqib o'yinini ko'rib, tahlil qilgan bo'lsangiz kerak?

- Ha, albatta. Jamoaning O'zbekiston Superligasidagi videolarini ko'rdim. Ammo raqibni ko'p ham o'rgana olmadim, chunki biz har 4 kunda Malayziya Superligasida o'ynamoqdamiz. Murabbiylar shtabida "So'g'diyona" o'yinlari yozilgan oxirgi 6 ta video bor. 5 oktyabrga qadar jizzaxliklar o'yinini tahlil qilamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика