Krushelnickiy o'z jamoasi bilan superligaga chiqdi
27 iyu 2014 09:58
Yangiliklar
Krushelnickiy o'z jamoasi bilan superligaga chiqdi
Malayziyada 2014 yilgi milliy birinchilik o'z nihoyasiga etdi. Hamyurtimiz Yaroslav Krushelnickiy to'p surayotgan “Felda Yunayted” klubi muddatidan avval - chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda, o'ziga superliga yo'llanmasini taminladi.
Markaziy himoyachimiz jamoasi so'ngi turlarni juda muvaffaqiyatli o'tkazdi. “Felda” 5 uchrashuvda 13 ochko jamg'ardi: “Joxor Darul Tazim II” bilan safarda 1:1, 2-o'rin uchun bo'lgan kurashdagi asosiy raqib “Pulau Pinang” bilan uyda 4:1, premer-liga g'olibi bo'lgan “Polis” bilan mehmonda 1:0, “Universitet TM”ni uyda 8:0 hamda “Perlis”ni safarda 3:2.
SHu tariqa, umumiy hisobda 50 ochko jamg'argan hamda “Polis”dan ikki ochko ortda qolgan holda, “Felda Yunayted” musobaqada 2-o'rinni egalladi. Va ushbu ikki klub kelasi mavsumda Malayziya superligasida o'ynaydigan bo'lishdi.
Endi iyul oyining yarmidan Malayziya kubogi bellashuvlari boshlanadi va to noyabrgacha davom etadi. Musobaqada superliga va premer-liga klublari aralash holda ishtirok etishadi.
Eslatib o'tamiz, Krushelnickiy “Felda YU” bilan bungacha yakunlangan Malayziya futbol associaciyasi kubogida finalgacha etib kelib, hal qiluvchi o'yinda so'ngi 10 daqiqa ichida o'tkazib yuborilgan ikkita gol hisobiga juda ham alamli tarzda mag'lubiyatga uchrashgandi (1:2).

Fikrlar