Kroos: "Mbappe "Real"ga o'tsa, hayron qolmayman"

Alisher
9 avg 2021, 16:04
Madridning "Real" klubi yetakchilaridan biri Toni Kroos "qirollik klubi"ga PSJ hujumchisi Kilian Mbappening ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Men rasman tasdiqlangan transferlarni muhokama qilishni yaxshi ko'raman. Mbappega kelsak, "Real" doim eng yaxshilari bilan shartnoma imzolashga urinadi.

Shu sabab Kilianning transferi amalga oshsa, men bundan hayron bo'lmayman", - deydi nemis yarim himoyachisi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli forvardning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato