So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  2 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  5 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  15 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  746 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  165 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

“Kristal Pelas” - “Arsenal”: ilk o'yindan ilk xulosalar Yangiliklar

“Kristal Pelas” - “Arsenal”: ilk o'yindan ilk xulosalar

Teglar :  Arsenal APL
Angliya Premer ligasi 2022/23 mavsumi birinchi turi ilk o'yinida “Arsenal” “Kristal Pelas” mehmoni bo'ldi va Martinelli boshi bilan to'pni darvozaga yo'llab hisobni ochib berdi.

 Ikkinchi taymda esa Mark Gexi o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi. Uchrashuvda “to'pchilar” 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Yangi mavsumda “Arsenal” deb atalmish shavqatsiz g'alaba mashinasi ishga tushdimi? Aql bilan fikr yuritilsa, bu ortiqcha mubolag'a bilan og'iz ko'pirtirishdek tuyulishi mumkin, biroq jamoaning to'rt oy oldingi o'yiniga nisbatan katta yaxshilanish ko'zga tashlandi. O'sha o'yinda Arteta shogirdlari “Selxerst Park”da 3:0 hisobi bilan ayovsiz yanchib tashlagan edi. “Arsenal” o'yinchilari avvalgi o'zaro o'yinda umuman maydonga moslasha olmagan noqulay raqib esa ularni osonlik bilan dog'da qoldirgan edi. “To'pchilar”ni bu safar ayblash uchun hech qanday asoslar yo'q. To'g'ri, himoyadagi palapartishliklar biroz ko'ngilni xira qilganiga qaramay uch ochko uchun munosib o'yin ko'rsatildi. “Kristal Pelas” ushbu o'yin uchun durang adolatliroq bo'lishini ko'rsatish uchun bir necha bor vaziyatni silkitishga urindi. Ammo bundan aytarli naf chiqqani yo'q. “Kristal Pelas” haqida esa odatda bo'ronli ovga aylanib ketadigan uy o'yinini ishonchli amalga oshirganini ko'rib kelasi o'yinlarda yaxshi natija ko'rsata olishiga optimistik tarzda ishonamiz.

Bevosita o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, ochilish o'yini shiddatli va qiziqarli kechdi. Har ikkala tomon ham kurashni ajoyib tarzda olib bordi. O'yin taqdirini esa har ikki bo'limda kiritilgan ikki gol hal qildi. Ammo “Arsenal” jamoasi nuqtai nazaridan kelib chiqilganda hal qiluvchi vaziyat tanaffusdan 8 daqiqa o'tgach sodir bo'ldi. O'sha vaziyatda Vilyam Saliba Uilfred Zahani hech qanday qo'polliksiz “toza” to'psiz qoldirdi va uni maydon tashqarisiga burib yubordi. Angliyaning eski o'yinchilaridan biri ligaga yangi kelgan o'yinchi tomonidan to'xtatib qolindi va bu hali oxirgisi emasdi. “Sent Eten”dan kelganidan so'ng uch yil o'tib Saliba “Arsenal” uchun maydonga tushgan birinchi o'yinida munosib o'yin ko'rsatdi va ikkinchi bo'limdagi mezbonlarning bosimi ostida o'zini to'la namoyish etdi. U markaziy himoyadan o'z o'rnini topib oladi. 

“Arsenal” ustozi Mikel Arteta yosh himoyachi haqida quyidagi fikrni bildirdi: “21 yoshingizda Premer¬ ligada debyut o'yinda kuchli raqiblarga qarama qarshi turib ularni to'xtata olgan yosh o'yinchini ko'rmadingizda. U buni sovuqqonlik va xotirjamlik bilan amalga oshirdi. Bolaga katta sharaf”.

“Arsenal” aprel oyidan bo'yon ancha o'zgarishlarga uchradi va yaxshilanishlar ham ko'zga tashlandi. “Biz katta chidamlilikni namoyish etdik”, deya takidladi “to'pchilar” bosh murabbiyi. “Busiz APLda g'alaba qozona olmaysiz. Bunday vaziyatlarda chiqish yo'lini doim topa bilish va shunday tafakkurni shakllantirish hamda uchrashuvlarni gol o'tkazmagan holda toza yakunlash bizning muvaffaqiyatimiz uchun juda muhim”, deya qo'shimcha qildi mutaxassis.

Birinchi taymning oxirgi 20 daqiqalikda Jordan Ayyuning ko'zlari raqib jarima maydonchasi burchagida porladi, biroq Martin Edegor xuddi chaqmoqdek uning oyoqlaridan to'pni yulib olib ketdi; tanaffusgacha Zaha o'ng qanot himoyachisi Ben Uayt bilan tribuna yoniga o'tib ketdi va Bukayo Saka qolgan oxirgi futbolchi bo'ldi. O'yin avvalida fikr bildirish oson bo'lganiga qaramay asosiy tafsilotlar shular bo'ldi. “Arsenal” xuddi poezddek boshladi, poziciyalarda boshni aylantirib qo'yadigan aylanishlarni sodir etishdi. Jamoa mavsum boshidan ishtahani ochadigan keskin va shavqatsiz pressingni namoyish etdi. Kutilganidek Gabriel Jezus hujum chizig'iga qo'yildi va uning bir slalom yugirishidan so'ng uni Mark Gexi to'sib qoldi. Aleksandr Zinchenkoning yaxshi aylanmagan zarbasi Visente Guaytani sinovdan o'tkazdi.

“Manchester Siti” tarkibida ligada g'olib chiqib jamoaga jalb etilgan ikki futbolchi boshqa jamoadoshlariga tasir qilishidan umidvor ekanini Arteta hech kimdan sir tutib o'tirmadi. Murabbiyning dastlabki o'ylariga ko'ra Jezus “Pelas”ni taslim etishda asosiy quvvat bo'lib berishi kerak edi. Lekin aynan Zinchenko raqiblarni mashg'ulotlar paytida qattiq ishlab “pishirgan” tartibini buzishga katta hissa qo'shdi.

Dastlabki gol kiritilganda Saka bir qarashda burchak zarbasini o'ngga nihoyatda burib yuborgandek tuyuldi. Biroq jarima maydonchasi uzoq burchagidan kutilmaganda otilib chiqqan Zinchenko to'pni boshi bilan ichkariroqqa zargarona burib yubordi. “Arsenal”ning ikki futbolchisi to'pni darvozaga kiritish uchun otildi va Gabriel Martinelli buni muvaffaqiyatli uddaladi. Hisob ochildi. 

Bu, albatta, 2021/22 mavsum startida uch oy gol kirita olmagan Martinelli uchun yaxshilanish edi. Hujumchi Jezus bilan o'zaro o'yinidan mamnun ko'rindi. Arteta tezroq uch ochkoni kafolatlanmayotganidan afsusda edi. SHogirdlari to'p nazoratini to'la raqiblarga topshirib qo'ygani buni yanada kuchaytirdi. Istalgan soniyada vaziyat aksiga aylanib ketishi mumkin edi. Saka raqib jarima maydonchasi tomon keskin reydni amalga oshirdi va to'pni jamoadoshlaridan biri paydo bo'lib qolishi umidida ichkariroqqa yo'lladi. Qulay vaziyati puchga chiqarmaslik uchun “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexi o'z darvozasiga kiritib qo'ydi – 0:2.

O'yin boshlanishidan oldin Kristian Bentekening “DS Yunayted”ga o'tishini elon qilgan “Kristal Pelas” 35  va 80 daqiqalar oralig'ida katta ustunlik qilganiga qaramay imkoniyatni boy berganidan nolidi. Jamoa startlarni juda sust boshladi. 

O'yindan so'ng “Kristal Pelas” ustozi Patrik Vieyra o'yindan so'ng jamoasi haqida fikr bildirdi: “Futbol o'yinida tavakkal qilish kerak bo'lgan muhim daqiqalar bo'ladi. Biz o'yinga qaytish uchun gol kirita olmadik. Eng og'ir tomoni shu”. “Arsenal” raqibiga gol urish uchun umuman imkon bermadi. “Ular tayyor, ular ochdek ko'rinadi, ular haqiqatdan ham g'alaba qozonishni xohlashadi”, dedi Mikel Arteta o'z shogirdlari haqida.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика