

Mezbonlar bahs davomida “shaharliklar” darvozasiga birorta ham aniq zarba yo'llay olishmadi. “Burgutlar” qatorasiga uch o'yindan beri ushbu yomon natijani qayd etishmoqda.
Opta manbasiga ko'ra, bu Angliya yuqori divizionidagi antirekord hisoblanadi. Shu kabi statistika 2003/04 yilgi mavsumdan beri hisoblab kelinadi.
Eslatib o'tamiz, “Kristal Pelas” “Siti”dan oldin safarda “Aston Villa”ga (0:1) yutqazgan va uyda “Liverpul” (0:0) bilan nursiz durang o'ynagandi. Umuman jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 11 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.



