Krishtianu Ronaldu 9,5 mln evroga yangi mashina sotib oldi
28 mar 2020 07:24
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu 9,5 mln evroga yangi mashina sotib oldi
Ronaldu yana bir bor o'zini xursand qilishga qaror qildi.
“Bild” nashriga ko'ra, Ronaldu yana bir superkar egasiga aylandi. Bu safar futbolchi Bugatti Centodieci rusumli mashinani sotib oldi. Qayd etish joiz, ushbu mashina narxi 9,5 mln evroga teng. Ushbu rusumdagi mashina dunyo bo'ylab atigi 10 ta. Bu avtomobil Bugatti brendining 110 yillik yubileyiga bag'ishlab ishlab chiqarilgandi.
Avvalroq Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro xayriya qilgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
01:47
Millatlar ligasi. Ronaldu 900-golini urgan o'yinda Portugaliyadan g'alaba va boshqa natijalar 8
Fikrlar