So’nggi yangiliklar

19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912". Холматов, Фламарион ва Гвазава асосий таркибда  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2

Krishtianu Penalti Yangiliklar

Krishtianu Penalti

Evro-2020 guruh bosqichida Krishtianu Ronalduning rekordlarini yozib olishga zo'rg'a ulgurdik.

U Platinini ortda qoldirib, musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi, beshta Evropa chempionatida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi, milliy terma jamoa safida gol urish bo'yicha jahon rekordini takrorladi va hokazo.
 

Evro-2020'da Krish allaqachon beshta gol urgan — shundan uchtasi penaltidan kiritildi. Ularning bayram qilishi hatto Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyini g'azablantirdi:

"Ronaldu buyuk chempion, ammo bazida u g'azablanishi mumkin. Bizning darvozamizga penalti tepgandan so'ng, u xuddi finalda gol urganday xursand bo'ldi". 

Krishtianu va penalti — bu haqiqatan ham o'ziga xos birlashma.


Ronalduda penaltidan urilgan 139 ta gol mavjud. Uning ortidan Messi kelmoqda, undan keyin hech kim


XXI asrda hech kim Krishtianu Ronaldu kabi penaltilarni aniq amalga oshirmagan. 2005 yildan buyon portugaliyalik bombardir 166 marta 11 metrli nuqtadan o'q uzdi. SHulardan 139 tasi darvoza to'ridan joy olgan bo'lsa, 27 tasida Ronalduning omadi chopmagan, konvertaciya — 84%. Uning eng mashhur penaltisi CHempionlar Ligasi finalidagi Atletikoga urgan goli bo'lsa kerak.


Uning ortida faqat Leo Messi bor — 100 ta muvaffaqiyatli penalti va 29 ta noaniq ijro. Uchinchisi esa judayam uzoqda — Zlatan Ibragimovich (84 gol/16 noaniq zarba).

Raqamlarni shunchaki solishtirib ko'ring: Krish Messidan 39, Zlatandan 55 penalti ko'proq aniq amalga oshirdi. Birgina Stiven Jerrard butun faoliyati davomida ushbu nuqtadan 54 marotaba zarba bergan va 46 gol urgan.

Agar Ronaldu faoliyatidagi dastlabki yillarda 11 metrlik nuqtaga yaqinlashganda, natijasi yanada yuqori bo'lishi mumkin edi. Ammo "Sporting"da unga penaltini umuman ishonishmadi, "MYU"da esa unga faqat uchinchi yil zarba berishga imkoniyat taqdim etishdi. SHunda ham, avval Angliya Liga Kubogi o'yinlarida. 

Quyidagi video tarixiy lahzadir: Krishtianu faoliyatidagi birinchi penaltini aniq amalga oshirdi va "Vest Bromich"ga qarshi o'yinda (3:1) hisobni ochdi. Jabrlangan posbon — Rassel Xolt. Kulgili, ammo faoliyati davomida unga tepilgan barcha penaltilar gol bo'lgan. 30 tadan 30 ta!

Qizig'i shundaki, Krish allaqachon uchinchi penaltisida "qovun tushirish"di. "Vest Bromich"dan keyin u 2006 yilgi Jahon chempionatida Eron darvozasini ishg'ol qildi, keyingi penaltisida esa Portugaliya va Daniya o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida u tepgan to'pni darvozabon Tomas Sorensen to'pni ushlab oldi.


Ronaldu "Yuventus"da penaltidan darvozaning uchdan bir qismiga teng ravishda zarba beradi. Uning zarbalariga tayyorlanish befoyda


Endi Ronaldu penalti tepayotganini tasavvur qilaylik. Xayolingizga kelgan birinchi narsa nima? To'g'ri, Krish chuqur nafas olib, yugurib kelgan holda chap tomonga kuchli zarba beradi va darvozabon hatto to'pga yaqinlasholmaydi. 

Bu taxminan Ronalduning "Yuventus"ga kelishidan oldingi holat. Masalan, "Real Madrid"dagi besh mavsum segmentini oladigan bo'lsak (2012/13 dan 2016/17 gacha), u holda chap burchakga yo'naltirilgan zarbalar nisbati 60% dan oshadi. 

To'g'ri, keyinchalik Italiyada so'nggi mavsum oldidan (2017/18) o'zgarish sodir bo'ldi: Krish to'satdan boshqa burchakka muhabbat qo'ydi. U 70% to'pni o'ngga, faqat 30% ini chapga yo'llagan.

Ronaldu "Yuventus"da raqamlarni yanada barqarorlashtirdi. Mana uning so'nggi uch mavsumdagi penaltilari: 40 ta zarba, 35 ta gol, zarbalar darvozaning har uch qismiga deyarli teng taqsimlangan.

Bu statistikani ko'rib, uning navbatdagi zarbasini taxmin qilishga urinayotgan darvozabon uchun bu haqiqiy jahannam.

Matematikani jiningiz suymasa ham ilmiy tarafdan u bilan hisoblashishga majbursiz. Matematik jihatdan nazar soladigan bo'lsak, darvozabon reakciyaga kirishishi va malumotni qayta ishlash uchun kamida 0,1 soniya sarflaydi, yana 0,1 soniyani otilish uchun. Zargaga etib borish uchun yana 0,53 soniya kerak — jami 0,73. 

To'p 11 metrdan darvoza chizig'iga atigi 0,4 soniyada etib boradi. Agar siz 0,33 soniyada harakat qilishni boshlasangizgina burchakka berilgan zarbani qaytarishingiz mumkin ekan.

Darvozabonlar deyarli har doim taxmin qilishadi. Agar darvozabon taxmin qilmagan bo'lsa ham, ehtimol u sezilmaydigan mayda harakatni (qadam tashlash, biror burchakka siljishi) amalga oshiradi, bu esa 0.33 soniyani yo'qqa chiqarishga imkon beradi.

Krish zarbasida esa to'pga reakciya qilish mutlaqo qiyin — uning tepgan to'pi o'rtacha 0,4 soniyadan tezroq boradi.

Albatta, darvozabonlar ko'pincha taxmin qiladi. Agar zarba posbon o'ylagan emas, umuman boshqa burchakka yo'llansa, unda muxlislar va jamoadoshlari darvozabon nima uchun qotib qolganini va hatto otilishga urinmaganligini tushunishmaydi. Kiperning o'zigina buni yaxshi anglaydi.

***

Ronaldu 1/8 finalda yana penalti tepadimi-yo'qmi, buni bugun tunda bilib olamiz.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика