Krespo: “Barcha argentinaliklar u jahon chempioni bo'lishini xohlaydi”
09 apr 2020 22:15
Yangiliklar
Krespo: “Barcha argentinaliklar u jahon chempioni bo'lishini xohlaydi”
Argentinalik sobiq hujumchi va hozirda “Defensa va Xustisiya” jamoasiga ustozlik qilayotgan Ernan Krespo “Barselona” sardori Lionel Messining terma jamoadagi ishtirokiga o'z munosabatini bildirdi.
“Agar Lionel jahon chempionatini yuta olmasa, bu adolatsizlik bo'ladi. Umuman futbol Messiga qaysidir manoda qarzdor. Biroq, u titulni qo'lga kiritmasa ham, bu uning buyukligi va qilgan xizmatlariga putur etkazmaydi. SHaxsan menga bu hazilga o'xshab tuyulsa ham.
Barcha argentinaliklar u jahon chempioni bo'lishini xohlaydi va men ham chin yurakdan buni istayman. Ammo bu amalga oshmagan taqdirda ham u zo'r futbolchi bo'lmasdan qolmaydi”, deydi Krespo.
Fikrlar