"Krasnodar" "Sassuolo" forvardi Skamakkaga qiziqmoqda
15 may 2021 16:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637229_original.jpg)
![](/upload/storage/637229_220.jpg)
"Krasnodar" "Sassuolo" forvardi Skamakkaga qiziqmoqda
"Krasnodar" hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
"Buqalar" "Jenoa"da o'ynayotgan forvard Janluka Skamakkaga qiziqishmoqda. 22 yoshli italiyalikning transfer huquqi "Sassuolo"ga tegishli.
"Sassuolo" sport direktori Jovanni Rossi klub Skamakkani kelasi mavsumda ham olib qolishini bildirdi.
"Skamakkaga Evropaning ko'plab top-klublari qiziqmoqda. Hali Rossiyadan qiziqish haqida hech narsa deya olmayman.
Har qanday holatda ham, biz kelajagi bor futbolchimizni "Jenoa"dagi ijaradan so'ng "Sassuolo"da kelasi mavsum ko'p o'yin amaliyoti berib olib qolmoqchimiz", - deydi Rossi.
Skamakka joriy mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar