"Krasnodar" 13 million evrolik transferni amalga oshiradi
25 iyu 2019 12:25
Yangiliklar
"Krasnodar" 13 million evrolik transferni amalga oshiradi
"Krasnodar" "Sent-Eten" yarim himoyachisi Remi Kabellaning transferini elon qildi.
"Kabella yaqin ikki kun ichida Krasnodarga keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. SHundan so'ng futbolchi bilan shartnoma imzolanadi", - deyiladi "buqalar" rasmiy saytida.
Oldinroq, krasnodarliklar futbolchi uchun 13 million evrodan ortiq to'lashi malum bo'lgan edi.
29 yoshli Kabella yakunlangan mavsum "Sent-Eten" safida, Franciya chempionatida 34ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assistga erishgan.
Bundan tashqari, u jamoaning 2018/19 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan.
Fikrlar