So’nggi yangiliklar

20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  0 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  0 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  2 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  2 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  29 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  10 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  8 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  2 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  67 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1

Kosta-Rika bosh murabbiyi: "Ular safida Evropada o'ynaydigan futbolchilar etarlicha" Yangiliklar

Kosta-Rika bosh murabbiyi: "Ular safida Evropada o'ynaydigan futbolchilar etarlicha"

23 sentyabrda bo'ladigan Janubiy Koreya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan avval mehmonlar ustozi Luis Fernando Suares rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar bilan muloqot qildi.

"Janubiy Koreyaga qarshi o'ynash yoqimli. Jamoamizda vaziyat yaxshi, deyarli barcha sog'. Ushbu o'yinni o'rtoqlik o'yini deb bo'shash xato bo'ladi, chunki jahon chempionati boshlanishiga oz qoldi. Terma jamoada yosh futbolchilar ko'p. Ertangi o'yinda yaxshi natija qayd etish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz.

Janubiy Koreyaning kuchi? Ular juda yaxshi jamoa. Biz Qatardagi mundialda Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz, shunday ekan Koreya bilan bahs jamoamiz uchun muhim ahamiyatga ega. Koreyaliklar safida Evropada o'ynaydigan futbolchilar etarlicha. Ularga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Ushbu to'qnashuv jamoamiz kuchini ko'rsatib beradi.

Son Xyon Minni to'xtata olsak uchrashuvda g'alaba qozonishimiz mumkin. CHunki juda kuchli futbolchi va ayni damda yaxshi formada. Uni o'yindan uzib qo'yishga harakat qilamiz, lekin Janubiy Koreya bir futbolchiga bog'lanib qolgan jamoa emas" - deydi Kosta-Rika ustozi Luis Fernando Suares.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика