So’nggi yangiliklar

09:25Неймарнинг кейинги манзили аниқ?  0 08:48Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:20МЛС. "Интер Майами" сафарда қийин ғалабага эришди, Месси жарима зарбасидан гол урди  11 08:15"Брест" иккинчи, "Барселона" ва "Реал Мадрид" ёнма-ён кетмоқда. EЧЛ иккинчи туридан сўнг турнир жадвали қандай ҳолатда?   7 07:40Про лига. Бугун 22-турга старт берилади  0 02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  48 00:50"Атлетико" жазоланди  6 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   4 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  2 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  16 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9

Kosta-Rika – Angliya 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Kosta-Rika – Angliya 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA

Jahon chempionati 3-turi doirasidagi Kosta-Rika – Angliya o'yini matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
 
JCH-2014. “D” guruhi. 3-tur
KOSTA-RIKA – ANGLIYA 0:0
Belu-Orizonte, “Mineyrao” stadioni.
Bosh hakam:
Jamol Xaymudi (Jazoir)
Qanotlardagi hakamlar:
Reduan Ashik, Abdelxak Etshiali
Zahiradagi hakam: Alireza Fagani

Kosta-Rika:
1.Navas, 3.Gonsales, 5.Borges, 6.Duarte, 9.Kempbell (Urenya, 66), 10.Ruiz, 14.Brenes (7.Bolanos, 58), 15.Diaz, 16.Gamboa, 17.Teyeda, 19.Miller.

Angliya:
13.Foster, 5.Keyxill, 7.Uilsher, 8.Lempard, 9S.tarrij, 12.Smolling, 16.Jons, 17.Milner, 20.Lallana (19.Rahim Sterling, 61. ), 21.Barkli, 23.SHou.

Ogohlantirishlar:
Barkli.34., Lallana 37,  J.Gonsales


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

Biz bilan birga u qadar yorqin bo'lmagan matnli translyaciyani kuzatib borgan barchaga rahmat! Sizga ayniqsa!

90+3. O'yin tugadi Kosta Rika guruhda birinchi o'rinni oldi! Angliya esa oxirgi.

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi

90. O'yinning asosiy vaqti tugadi

88. Jerrard jarima to'pini amalga oshirib beradi. Uning pasiga Runi eta olmadi

87. Angliya mundialni gol urib tark etmoqchi, hozircha o'xshamayapti

84. Angliya muxlislari stadionda bo'lib turib gazeta o'qib o'tirishibdi, ha o'yin juda ham qiziqarli tarzda davom etayotganidan darak bu

83. Kosta Rika oldinga o'tmoqda. Himoyachilar o'z o'rinlarida

81. Narigi o'yinda Urugvay gol urdi! Italiya SHokda!

80. O'yin tugashiga 10 daqiqa qoldi. CHaqmoq chaqar yomg'ir yog'ar....)

78. O'zgarish. Kosta Rika. Borges o'rniga Barrantes tushdi

77. Hech bir tomon yarq etgan hujumni tashkil eta olishmayapti!

76. Maydonda nimalar bo'layotganini bilmayman)

75. O'zgarish. Angliya. Milner o'rniga Runi tushdi

74. So'nggi daqiqalarda jamoalar o'zgarishlarni amalga oshirib yotishibdi

72. O'zgarish. Angliya. Uilsher o'rniga Jerrard tushdi

Jamoalar tinmay o'zgarishlarni amalga oshirib yotishibdi.

68.
Kosta Rika hisobni ochishga yaqin kelgandi, bosh hakam o'yindan tashqari holat deb hisobladi

66. O'zgarish. Kosta Rika.
Kempbell o'rniga Urenya tushdi

65. XAVFLI VAZIYAT!!!!! STARRIJ! Yaqin masofadan noaniq zarba berdi! 

64.
Angliya pozicion hujumi.Noaniq

62. Xavfli vaziyat! Hozir maydonga tushgan Bolanosning zarbasi xavfli chiqdi

58.
Xavfli vaziyayayayayayayayayayayayayat! Lallani chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib pas berdi. Nvqas to'pni ilib oldi

58.
Kosta Rikaliklar havodagi kurashlarda inglizlarga yutqazaverasan.

57. Ogohlantirish.
Lallana (Angliya)

55.
Gamboa maydonga yotib oldi, hakam uni yoniga etib keldi .

53. Ogohlantirish.
Barkli (Angliya)

52. Hozir Braziliyada juda ham issiqligini aniq. Toshkentda esa mayin shabada esib turibdi

50. Keylor Navasga shifokorlar yordam berishdi. Uning soni ishib ketdi

49. Xavfli vaziyat! Starrij to'pni sheriklariga to'g'ri pas bera olmadi.

49. Lyuk SHouni raqib to'xtatib qoldi, jarima to'pini himoyachilar qaytarishdi.

46. Demak, kettik. Angliya uchun JCH-2010dagi oxirgi bo'lim boshlandi

- Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda. Jamoalar o'z o'rinlarini egallashmoqda, hakam hushtagini chalsa bo'ldi.

- Hakam birinchi bo'limga hech vaqo qo'shib bergani yo'q. Tanaffus, 15 minutdan so'ng hamma shu erda yig'iladi

45. Xavfli vaziyat!
Brenes hisobni ochishi mumkin edi. Uning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi.

45.
Lempard jarima to'pini amalga oshirib berdi, Navas to'pni qaytardi

43.
Stadionda to'lqin ham bo'layotgani yo'q, aksiga olib... Salomlarim bor edi)

41.
Ross Barklining chap oyoqdan yo'llagan zarbasi juda kuchli va juda noaniq bo'ldi

40.
Angliya ko'proq hujum qilmoqda, albatta Xojson shogirdlari mundialni g'alabasiz tark etish niyatida emaslar.

37.
Uilshir chap qanotdan tezlanish oldi, biroq posbon to'pga birinchi bo'lib etib keldi

35.
G'alati hisob kitoblarga ko'ra bu yil Urugvay chempion bo'lishi kerak ekan. Ko'ramiz nima bo'larkin

34. UXXXXXXXXXXXXXXXX!
Starrij!!! Burchak to'pidan so'ng Jons boshi bilan Starrijga to'pni oshirdi, hujumchining boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

33. OXOXOXOXOXO!
Sal qolsa himoyachi to'pni o'z darvozasiga chiroyli tarzda joylab qo'yishi mumkin edi.

32.
Angliyaning tezkor hujumi. Lallana to'pni jarima maydoniga oshirdi, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdan uyalishmayapti

30.
Brenes ning sochlari himoyachilardan oldinroqda ekan shekilli hakamlar o'yindan tashqari holat deb topishdi.

29.
Bosh hakam Milnerga "o'zingni bosgin uka, nima qilasan nervichat qilib" dedi shekilli

26. STARRIJ!!!!!!
Xavfli vaziyat, jarima maydoni ichida Duarte Starrij bilan to'qnashdi, hakam bu vaziyatda penalti yo'q edi deb hisobladi

25.
Inglizlar to'p himoyachilardan o'tib ketmaydi deb o'ylashdi. Vaziyat boy berildi

23. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA, TO'SIN! Borgesning jarima zarbasidan so'ng to'p Foster qo'riqlayotgan darozaning to'siniga tegib maydonni tark etdi

22.
Lallana Kempbelni oyog'idan chaldi, hakam buni ko'rib qoldi va jarima to'pini belgiladi. Buyam etmaganidek jonliy devordagilarni oyog'i tagiga oq ko'pik sepib qo'ydi.

20.
Angliya jahon chempionatlarida hali ketma-ket uch marta mag'lub bo'lmagan. Umuman olganda 1958 yildan beri birinchi marta Angliya guruhdan chiqa olmadi.

18. ZARBBBBBBBBBAAAAAAA! Starrijning 20 metrlardan yo'llagan zarbasi to'sin ustidan o'tib ketdi

16.
Bugun Angliya terma jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushgan Frenk Lempard termadagi oxirgi o'yinini o'tkazmoqda. Barchasi uchun rahmat senga! Deyishmoqda muxlislar

14.
Aytib qo'yay gol bo'lmaganucha qizlarni rasmini qo'ymayman)

13.
O'yin shiddati joyida, hozircha inglizlar ham raqiblar ham hujumlar tashkil qilib turishibdi

11. MAAAAAAAAAAAA! NNNAAAAAAAAAAAAA! Uilsherning pasidan so'ng Starrij chap oyog'ida to'pni darvozaga yo'lladi, to'p ustunning yonidan o'tib ketdi

8.
Angliyaning hujumini Lempard uzib qo'ydi, uning to'pni oldirib qo'yishi natijasida raqib qarshi hujumga o'tib ketdi. Brenes o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

7.
Sizdan ugina bizdan ugina. Navbat Kosta Rikaliklarga  ular qoida buzishdi, Starrij jabrlanuvchi rolida.

6.
Fil Jons raqib futbochlisi Diazning oyog'ini uzib yuboray dedi, jarima to'pini Ben Foster osonlik bilan ushlab qoldi.

5.
Bugungi o'yinga Roy Xojson o'tgan turlarda o'ynamagan bir qator futbolchilarni tushurdi. Ular ham bekorga Braziliyaga kelmaganlarini isbotlashlari kerak.

4.
Kosta Rika yana hujum qildi. Junior Diaz chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatishga urindi, noaniq.

2.Zarbaaaaaaaaaa! Kempbellning kuchli zarbasi Kexillga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va xavfli chiqdi, biroz noaniq.

1.
Bahsni Kosta Rika faol tarzda boshladi. CHap qanotdan tashkil etilgan hujum uzilib qoldi

- Nima edi, haya qani kettik! O'yin boshlandi


Italiya va Urugvay o'rtasidagi o'yinni SHahboz Beg'amov sharhalab boradi. Unga omad tilaymiz, qaysi jamoa kuchli bo'lsa o'sha g'alaba qozonsin.

- O'yinoldi rasmiy tadbirlar o'z nihoyasiga etdi. Navbat futbolga!

- Navbat Angliya madhiyasiga...

- Kosta Rika davlat madhiyasi yangramoqda...

- Balki bu uchrashuv narigisining yonida qiziqarsiz tuyular. Biroq bu erda guruhdan chiqqan Kosta Rika va futbol vatani hisoblangan Angliya terma jamoalari o'ynashdi! SHunday ekan bahs albatta qiziqarli bo'ladi. Bunga ishonamiz, buni kutamiz!

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionati davom etadi. Kosta Rika va Angliya o'rtasidagi o'yinni sizlar bilan birga Narzulla kuzatib boradi.

- O'yin soat 21:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика